PSJ Messi bilan shartnoma imzolangandan so'ng stadiondagi o'rindiqlarni ko'paytirmoqchi
11 avg 2021 19:26
Yangiliklar
PSJ Messi bilan shartnoma imzolangandan so'ng stadiondagi o'rindiqlarni ko'paytirmoqchi
Lionel Messi chorshanba kungi matbuot anjumanida PSJ futbolchisi sifatida tanishtirildi. Klub prezidenti Nosir Al Xelayfi klubning Park de Prens uy stadionini kengaytirish niyatida ekanligini malum qildi.
"Park de Prens" juda kichkina", deya noligan Al Xelayfi. "Biz bu holatni Parij meri bilan muhokama qilishimiz kerak. Menga stadion yoqadi, lekin uni kattalashtirish kerak. Bu kelajak uchun muhim. Har bir yirik klubda 80 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadion bor. Park de Prensni kengaytirish bizning burchimizdir".
Bugungi kunda ushbu maydon 48 mingga yaqin muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi.
Fikrlar