PSJ Mbappening maoshini 2 karra oshirmoqchi

8 iyul 2020, 23:31
"Pari Sen-Jermen" rahbariyati jamoa hujumchisi Kilian Mbappeni yangi shartnoma imzolashga ko'ndirish uchun harakat qilyapti.

Parij klubi mutasaddilari 21 yoshli futbolchining maoshini yiliga 40 mln evrogacha ko'tarishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishgan. 

Ma'lumot uchun, tomonlar orasidagi amaldagi hamkorlik bitimi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Mbappening ayni paytdagi maoshi yiliga 20 mln evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Football