PSJ Mbappe yuzasidan Franciya futbol federaciyasiga xat jo'natdi
03 mar 2020 21:50
Yangiliklar


PSJ Mbappe yuzasidan Franciya futbol federaciyasiga xat jo'natdi
Bunga sabab franciyalik hujumchining Tokio-2020 Olimpiadasida qatnashishi mumkin bo'lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatidan joy olgani bo'ldi.
SHu bois, parijliklar rahbariyati Kilian Mbappeni to'rt yillikning nufuzli musobaqasiga qo'yib yuborishni xohlamayapti. Olimpiadaning futbol bahslari FIFA tomonidan belgilanmagan vaqtlarda o'tkaziladi.
Hozirda, Franciya OTJning qaydnomasida 80 nafar o'yinchi bor. Yakuniy ro'yxatga esa 18 o'ynovchi futbolchi va 4 zaxira azosi kiritiladi. SHuningdek, ularning orasiga 3 nafar yoshi katta futbolchini qo'shib olish limiti ham mavjud.
Tokio-2020'ning futbol bellashuvlari 23 iyuldan 8 avgustga qadar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Avvalroq, 21 yoshli forvard Olimpiada chempioni bo'lishni istayotganini aytgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar