PSJ mavsum tugashiga 3 tur qolganda Franciya chempioni bo'ldi!
29 apr 00:20
Yangiliklar
Parij klubi kecha o'z uyida Franciya chempionati 31-tur doirasidagi "Gavr" (3:3)ga qarshi bahsda durang o'ynadi. "Monako" esa bugun "Lion" (2:3)ga imkoniyatni boy berdi.
SHunday ekan, PSJ mavsum yakuniga 3 tur qolganda 70 ochko jamg'ardi va "Monako"dan 12 ochkoga o'zib ketdi, endilikda bu farqni yo'qqa chiqarishning iloji yo'q.
PSJ ketma-ket uchinchi yili Franciya chempioniga aylandi, umumiy olganda esa o'n ikkinchi g'oliblik.
PSJ 12 chempionligidan 10tasini so'nggi 12 mavsumda qo'lga kiritgan. Eslatib o'tamiz, Qatarning Qatar Sports Investments investicion kompaniyasi 2011 yilda francuz klubini sotib olgan.
"Sent-Eten"da 10, "Marsel"da 9, "Monako" va "Nant"da esa 8tadan g'oliblik bor.
Fikrlar