PSJ "Manchester Yunayted"ga 80 millionlik taklif jo'natdi
19 iyu 2021 00:15
Yangiliklar
PSJ "Manchester Yunayted"ga 80 millionlik taklif jo'natdi
"Manchester Yunayted" forvardi Pol Pogba yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
"Le Parisien" xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi borasidagi holatni PSJ diqqatlik bilan kuzatib bormoqda. Parijliklar yaqin vaqtlar ichida uning agenti Mino Rayola bilan muzokaralarga kirishishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
"PSJ Pogbani ancha vaqtdan buyon kuzatayotgani rost. Nosir al-Helayfi 3 kun oldin Niccada Rayola bilan gaplashgan va ular Bakkerning ketishi sababli Pogba bilan uning joyini to'ldirishni muhokama qilishgan.
"Manchester Yunayted" esa o'z futbolchisini qo'yib yuborgisi, Pogba shartnomani uzaytirgisi kelmayapti", - deb yozadi "RMC Sport" jurnalisti Moxamed Buxafsi.
Pogbaning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.
Fikrlar