So’nggi yangiliklar

18:15Лука Модрич: "Милан" – болалигимдаги севимли жамоам, Бобан эса кумирим эди"  0 17:52Диас "Ливерпуль"дан кетишга тайёр. "Барселона" ва "Бавария" янги таклифлар тайёрламоқда  0 17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  7 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   1 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  17 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2

CHL. Messi gol urgan bahsda PSJ "Siti"ni mag'lub etdi Yangiliklar

CHL. Messi gol urgan bahsda PSJ "Siti"ni mag'lub etdi

ECHL ikkinchi turidan o'rin olgan "Man Siti" - PSJ uchrashuvi yakuniga etdi.

Paris Saint-Germain

Idrissa Gana Gueye - 8', Lionel Messi - 74'

Champions League Grp. A . 2-tur

29/09/2021, 01:00

0
:
2
Tugadi

Manchester City

Stadion: Parc des Princes, 37350 tomoshabin

Bosh hakam: Carlos del Cerro

45'
90'
8'  Idrissa Gana Gueye
74'  Lionel Messi
74'  Kylian Mbappe
77'  Marco Verratti
78'  Marco Verratti (Georginio Wijnaldum)
90'  Idrissa Gana Gueye (Danilo Pereira)
24'  Joao Cancelo
39'  Kevin De Bruyne
68'  Jack Grealish (Phil Foden)
78'  Raheem Sterling (Gabriel Jesus)

PSJ – "Manchester Siti" 2:0

"Park de Prens"

Gollar: 1:0 – 8 Guye, 2:0 – 74 Messi.

PSJ – Donnarumma, Xakimi, Markinos, Kimpembe, Mendesh, Errera, Guye (Danilu Pereyra, 90), Verratti (Veynaldum, 78), Messi, Neymar, Mbappe.

"Manchester Siti" – Ederson, Uoker, Laport, Ruben Diash, Joau Kanselu, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Grilish (Foden, 68), Sterling (Gabriel Jezus, 78), Marez.

Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (24), de Bryuyne (39), Verratti (77).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. "Siti" bahsga qo'shib berilgan so'nggi daqiqada standart ishlab oldi. Ammo Marezning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

82. Neymar tezkor qarshi hujum tashkil qilishi mumkin edi, ammo jamoadoshining uzatmasi noaniq bo'ldi.

78. Veratti o'rniga Veynaldum maydonga tushdi.

74. GOOOOOOOL! MESSI! Leo qaytdi! Argentinalik hujumchi o'z uslubida o'ng qanotdan hujum tashkil qilib, markazroqqa surildi va to'pni Mbappega uzatdi. Kilian esa to'pni argentinalikka qaytardi. Messi chap oyog'i bilan ajoyib zarba ijro etdi va to'p darvoza to'ridan joy oldi.

67. "Siti"ning tinimsiz paslar orqali tashkil etilgan hujumi ofsayd bilan yakun topdi.

65. NEYMAAAAR! Braziliyalik forvard himoyachilardan qochib ketdi, ammo zarba berishga chog'langanda unga Uoker halal berdi va Neymarning zarbasi noaniq chiqdi.

60. PSJ "Siti" futbolchilarini o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtira olmayapti. Hujumlar ham xavfli ko'rinish olmoqda.

49. To'p nazorati hali ham "Siti"da. PSJ dastlabki 20 daqiqadan so'ng ikkinchi raqamli jamoaga aylanib oldi.

47. Sterling darvozani ishg'ol qila olmadi. U bergan zarbadan so'ng to'p darvozaga emas, burchak bayroqchasi tomonga ketdi.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

43. DIASH! Rubenning bosh bilan ijro etgan zarbasidan so'ng Donnarumma to'pni bir amallab qaytarib qoldi.

38. ERRERA! Kilian Mbappe himoyachilardan qochib ketdi, ammo u to'pni darvozaga yo'llamadi va orqaroqda ochilayotgan Ander Erreraga uzatdi. Ispaniyalik esa aniq zarba ijro etdi, shunga qaramay Ederson to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

36. De Bryuynedan aniq, ammo kuchsiz zarba. Donnarumma to'pni egallab oldi.

33. "Siti"ning hujumlari borgan sari xavfli tusga kirmoqda, ammo ularni yakunlashda aniqlik etishmayapti.

26. DAHSHAT! "Manchester Siti" tashkil qilgan ajoyib hujum mo'jiza tufayli golga aylanmay qoldi... Bir soniya ichida Sterling va Bernardu Silva ustun va to'sinni nishonga olishdi. 

22. Messi raqib maydonida hujumlarni yanada hayajonliroq ko'rinishga keltirmoqchi bo'lyapti, biroq uning hayajoni tufayli paslar ideal chiqmayapti.

21. Kanseludan ajoyib uzatmaaa... Nunu Mendesh raqibning xavfli vaziyatini yo'qqa chiqardi.

19. To'p nazorati endi "Manchester Siti" tomonga o'tdi. Mezbonlar esa o'z jarima maydonchasi atrofiga to'planib, darvozani himoya qilishmoqda.

15. Neymar himoya chizig'iga yordam berish maqsadida, o'z jarima maydonchasiga yaqin hududda aldamchi harakatlarini ishga solmoqda, ammo bu harakatlar ko'pincha jamoa zarariga ishlayapti.

11. Goldan keyin ham to'p nazorati PSJda va "Siti" javob hujumini uyushtira olmayapti.

8. GOOOOOL! PSJ hisobni ochdi! Parij klubining birinchi jiddiy hujumi gol bilan yakun topdi. Mbappe qanotdan uzatgan to'pga markazda Neymar zarba berishi kerak edi, ammo u zarbani uddalay olmadi va to'p Geyega kelib tushdi. Mezbon jamoa vakili zarbada adashmadi va o'yindagi tezkor golga mualliflik qildi.

7. Hozircha futbolchilarning individual mahorati tufayli to'p ko'proq PSJda bo'lib turibdi.

4. Neymar raqib jamoa futbolchilarining bosimi tufayli o'z darvozasiga yaqin hududda to'pni autga chiqarib yubordi.

2. De Bryuyne jarima zarbasidan to'pni raqib 16ligiga tashlab berdi, ammo mezbon jamoa himoyachilari to'pni qaytarib yuborishdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

PSJ: Donnarumma, Xakimi, Kimpembe, Markinos, Mendesh, Geye, Errera, Verratti, Mbappe, Messi, Neymar.

Zaxira: Navas, Letele, Paredes, Ikardi, Danilu, Dagba, Veynaldum, Kyurzava, Diallo, Draksler, Kerer, Ebimbe.

"Manchester Siti": Ederson, Uoker, Diash, Laport, Kanselu, Rodri, De Bryoyne, Silva, Marez, Sterling, Grilish.

Zaxira: Steffen, Karson, Stounz, Ake, Jezus, Torres, Fernandino, Foden, Makati, Uilson-Esbrand.


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика