PSJ Loran Blanni ishdan ketganini malum qildi
27 iyu 2016 16:39
Yangiliklar
PSJ Loran Blanni ishdan ketganini malum qildi
PSJ klubi Loran Blan bosh murabbiy lavozimini tark etganini elon qildi.
Tomonlar shartnomani bekor qilish borasida kelishuvga erishishdi. Francuz klubini Jan-Lui Gasse va Filipp Lamber murabbiylari tark etishdi.
Blan PSJda 3 mavsum davomida ishladi. Bu davr ichida klub 11 ta sovrin yutdi: 3 karra Franciya chempioni, 2 karra Franciya kubogi sohibi, 3 karra liga kubogi va 3 karra Franciya Superkubogi sohibi.
Men Loran Blanga minnatdorchilik bildirmoqchiman. U oxirgi yillarda jamoamizni kuchaytirdi. Yangi davr boshlayapmiz, Blanga katta rahmat aytaman, – deydi PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi.
Yaqin kunlar ichida Parij klubiga Unai Emeri bosh murabbiy bo'lishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar