PSJ Kinning transferi ustida ishlamoqda
18 may 2021 14:00
Yangiliklar
PSJ Kinning transferi ustida ishlamoqda
PSJ "Everton" hujumchisi Moyze Kinni xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Franciya klubi italiyalik bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda. "Everton" Kinni sotishga tayyor, ammo uning sotuvidan 45-50 million evro ishlab olishmoqchi.
21 yoshli hujumchi joriy mavsum PSJ tarkibida barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 1ta assist qayd etdi. Kinning ijara kelishuvi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, italiyalik "Everton"ga 2019 yilda 27 million evro evaziga o'tgan edi. Kinning klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar