"PSJ ham xuddi "Milan" singari katta oila" - Donnarumma
25 okt 2023 12:57
Yangiliklar
"PSJ ham xuddi "Milan" singari katta oila" - Donnarumma
Italiyalik futbolchi sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma ECHL 3-turi doirasidagi "Milan"ga qarshi o'yindan kutayotgan umidlari bilan o'rtoqlashdi. Italiyalik futbolchi avvalroq "rossoneri"da o'ynagan.
"Bu hissiyotlarga boy o'yin bo'ladi. Yana "Milan"ga qarshi o'ynash boshqacha tuyg'ular taqdim etadi. Bu alohida ahamiyatga ega o'yindir. Men his-tuyg'ularimni bir chetga surib, bor etiborimni o'yinga qaratishim kerak.
Bu erda o'zimni juda yaxshi his qilyapman. PSJ ham xuddi "Milan" singari katta oila. "Milan"da ajoyib 8 yilni o'tkazdim. Menga bergan hamma narsa uchun klubdan minnatdorman, ammo Parijda o'zimni yaxshi his etyapman. Bu erda aql bovar qilmaydigan muhit hukm surmoqda", – dedi futbolchi.
PSJ – "Milan" uchrashuvi bugun 23:59 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar