PSJ Hakimi uchun qancha to'lashi aniq
27 iyu 2021 12:17
Yangiliklar
PSJ Hakimi uchun qancha to'lashi aniq
Ashraf Hakimining "Inter"dan PSJga o'tishi ishlari yakunlanib qoldi.
Italiya klubi parijliklarda 60 mln evro qabul qilib oladi, shuningdek, yana 10 mln evro bonuslar tarzida vada qilingan. Kecha tomonlar shartnomaning so'nggi detallarini kelishib olishgan. 22 yoshli futbolchi kelasi hafta boshida klub uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va 2026 yilga yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.
Futbolchi PSJda yiliga 10 mln evro maosh oladi, bu uning "Inter"dagi maoshidan 2 baravar ko'p deganidir.
O'tgan mavsumda himoyachi A Seriyada 37 o'yinda qatnashib, 7 gol va 8 assist qayd etdi.
Fikrlar