PSJ Gozens uchun kurashga qo'shildi
21 iyu 2021 09:58
Yangiliklar
PSJ Gozens uchun kurashga qo'shildi
PSJ "Atalanta" yarim himoyachisi Robin Gozensga qiziqish bildirmoqda.
26 yoshli nemisga shuningdek "Barselona" qiziqish bildirmoqda, ammo parijliklar kataloniyaliklarning taklifidan yaxshirog'ini berishga tayyor.
"Atalanta" xavbekning sotuvidan kamida 35 million evro ishlab olmoqchi.
Bergamoliklar bir necha hafta oldin Gozens bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirish bandini faollashtirishgan edi. Kelishuvda tovon puli ko'zda tutilmagan.
Gozens o'tgan mavsum A Seriyada 32ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.
Fikrlar