PSJ futbolchisini qaytarib oladi

Mirjalol Normatov
13 apr 2018, 20:11
"Stok Siti" rahbariyati hujumchi Xese Rodrigesning xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti.

"A Bola" xabariga ko'ra, mavsum yakunlanganidan keyin Xese o'z jamoasiga qaytarib yuboriladi. Xese 2016 yilda "Real"dan PSJga o'tgandi. Biroq u Parij jamoasida asosiy tarkibga kira olmadi. Oqibatda u "Las Palmas"ga ijarada o'ynadi.

O'tgan mavsumning yarmidan esa "Stok" tarkibiga borib qo'shildi. APLda u 4 uchrashuvda maydonga tushdi.

Uning transfer huquqi PSJga tegishli bo'lib turibdi. Mavsum yakunlanganidan keyin u Fransiyaga qaytadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola