PSJ etakchilari jamoani tark etishi tasdiqlandi
14 iyu 2020 00:16
Yangiliklar


PSJ etakchilari jamoani tark etishi tasdiqlandi
PSJ sport direktori Leonardo iyun oyi oxirida shartnomasi nihoyalanadigan Edinson Kavani va Tiago Silva bilan hamkorlik to'xtatilishini tasdiqladi.
SHuningdek, jamoani Leven Kurzava hamda Toma Mene ham tark etishi oydinlashgan.
Eslatib o'tamiz, Silva PSJ safiga 2012 yilda "Milan"dan kelib qo'shilgan, jamoa sardori hisoblanardi. 2013 yilda "Napoli"dan sotib olingan Kavani esa klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi (200 gol). Kurzava 2015 yilda "Monako"dan, Mene esa "Bryugge"dan (2016 yil) xarid qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar