PSJ egalari ingliz klubini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
12 apr 2019, 11:45
PSJ egalari ayni damda ingliz klubini sotib olish haqida bosh qotirmoqda.

Taxminlarga ko'ra, ular Chempionship jamoalaridan birini xarid qilishadi. Nomzod klublar orasida "Aston Villa", "Nottingem Forest" va "Kuinz Park Reynjers" bor.

Eslatib o'tamiz, Qatar Sports Investments kompaniyasi 2011 yildan beri PSJga egalik qiladi. Endi qatarlik rahbarlar "Manchester Siti" egalari kabi klublari sonini ko'paytirmoqchi.

UEFA qoidalariga ko'ra, bitta kompaniyaga tegishlik ikkita klub Chempionlar ligasi yoki Yevropa ligasida ishtirok eta olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph