PSJ Dortmundning "Borussiya" klubi o'yinchisi bilan muzokaralar olib bormoqda
24 avg 2019 11:01
Yangiliklar


PSJ Dortmundning "Borussiya" klubi o'yinchisi bilan muzokaralar olib bormoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Rafael Gerreyru faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.
Parijliklar sport direktori Leonardu va portugaliyalik o'yinchining vakillari bugun muzokaralar o'tkazishadi.
O'yinchining o'zi esa Franciyaga qaytishga qarshi emas, Gerreyru bundan oldin "Loryan" safida o'ynagan.
Himoyachi 2016 yildan buyon Dortmundning "Borussiya" klubi, 2014 yildan esa Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Futbolchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 7ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar