PSJ direktori: "Rabo zaxira o'rindig'ida qoladi"
18 dek 2018 12:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/467690_original.jpg)
![](/upload/storage/467690_220.jpg)
PSJ direktori: "Rabo zaxira o'rindig'ida qoladi"
PSJ sport direktori Antero Enrikening takidlashicha, klub jamoa yarim himoyachisi Adrien Rabo bilan muzokaralarni yakunladi.
Oldinroq, Rabo xizmatlariga "Barselona", "Yuventus" va "Tottenxem" qiziqish bildirgan edi. Yarim himoyachining Parij klubi bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
"Rabo bilan muzokaralar to'xtatildi. Futbolchi yangi bitimga imzo chekmaydi va mavsum oxirida klubni tekinga tark etmoqchi. Bunday qaror tufayli u nomalum muddat zaxirada qoladi.
Bir necha oy oldin uning vakili bilan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishgan edik. Adrien PSJda qolishiga umid qilgandik, ammo o'ylaganimizdek bo'lmadi" - deydi Enrike.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar