PSJ – Barselona va Atletiko – Borussiya bahsi hakamlari ma'lum
Khoja
9 apr 2024, 09:36
UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasi 1/4 final dastlabki o'yinlari doirasidagi PSJ – Barselona va Atletiko – Borussiya bahslarini boshqaradigan hakamlarni ma'lum qildi.
Unga ko'ra, Parijdagi PSJ – Barselona uchrashuvini angliyalik hakam Entoni Teylor boshqarsa, Madridda o'tadigan Atletiko – Borussiya o'yiniga italiyalik Marko Guida tayinlandi.