PSJ asosiy tarkibining ikki futbolchisi jarohat sabab, zaxiraga olindi
26 avg 2019 01:20
Yangiliklar


PSJ asosiy tarkibining ikki futbolchisi jarohat sabab, zaxiraga olindi
Ayni daqiqalarda Franciya chempionati 3-turidan o'rin olgan PSJ hamda Tuluza o'yini bo'lib o'tmoqda.
Ilk taym maydon egalari uchun juda omadsiz keldi. Avvaliga, 14 daqiqada jamoa hujumchisi Edinson Kavani jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o'rniga Erik Maksim SHupo-Moting tushirildi. Keyin esa taym yakunlanishiga oz vaqt qolganida 23 yoshli himoyachi Abdu Diallo jarohat oldi va parijliklar ustozi Tomas Tuxel uni ham almashtiriiga majbur bo'ldi. Diallo o'rniga o'yinga Tiago Silva qo'shildi.
Avvalroq, klub lazaretidan Yulian Draksler, Tilo Kerer, Leyvin Kurzava, Ander Errera joy olgandi. Neymar esa ayrim sabablarga ko'ra jamoa o'yinlarida qatnashmayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar