So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  2 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

Promes & Ananidze va Smolov & Ari tandemlarining "parvozi" Yangiliklar

Promes & Ananidze va Smolov & Ari tandemlarining "parvozi"

Teglar :  Rossiya chempionati
Rossiya chempionatining yangi mavsumiga ham start berildi.


Amaldagi chempion CSKA jamoasi chempionatni "Anji"ga qarshi mehmondagi bahs bilan boshladi.
Leonid Sluckiy boshqaruvidagi "harbiylar" "Anji"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishni uddalay olmadilar. Bellashuvda katta ustunlik CSKA tarafida bo'lgan bo'lsada, "Anji" o'z darvozasi daxlsizligini saqlay olishga erishdi.
Traoreda gol urish uchun ko'plab vaziyatlar yuzaga kelgandi. Ammo CSKAning yangi futbolchisi shu kuni o'z maqsadiga erisha olmadi.

Turning markaziy to'qnashuvi so'zsiz "Zenit" hamda "Lokomotiv" o'rtasida kechdi. Bu o'yinda ham nursiz durang qayd etildi.
Luchesku boshqaruvidagi "Zenit" o'z maydonida hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'p tepadigan "temiryo'lchilar" bilan murosa ko'chasini tanlashdi.
Denisov ushbu bahsda to'liq o'ynadi va Kokorinni zararsizlantirishni uddasidan chiqdi.

O'tgan mavsumda shov-shuv ko'targan "Rostov" jamoasi o'z maydonida quyi ligadan premer ligaga yo'l olgan "Orenburg"ni qabul qildi.
Bu uchrashuvda "Rostov" himoyachisi Novoselcevning yagona goli Qurbon Berdiev jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
SHu kuni "Orenburg" safida hamyurtimiz Vadim Afonin harakat to'liq o'ynadi.

Dmitriy Alenichev bosh murabbiyligidagi "Spartak" jamoasi mavsumni "Arsenal Tula" ustidan ishonchli va yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi.
Ananidze va Promesning dubli moskvaliklarga ajoyib g'alabani taqdim etdi. "Spartak" nihoyat ushbu mavsumda yuqoir "cho'qqi" - chempionlikni ko'zlayotganiga shama qilgandek. Promes hamda Ananidze ushbu sermaxsullikni butun chempionat davomida ko'rsata olishsa, Alenichev shogirdlari ko'p yillik orzuni ruyobga chiqarishlari mumkin.

"Krasnodar" jamoasi ham chempionatni alo kayfiyat bilan boshlab oldi. Kononov shogirdlariga "Tom" jamoasi raqiblik qildi.
Fyodor Smolov hamda Arining gollari "Krasnodar"ga yirik g'alabani taqdim etdi.
Ushbu uchrashuvda hamyurtimiz Odil Ahmedov zaxiradan maydonga tushdi.

SHuningdek, chempionatni dastlabki turida "Terek" "Krilya Sovetov" ustidan g'alaba qozongan bo'lsa, "Ural" o'z uyida "Ufa"ga imkoniyat qoldirmadi. "Rubin" hamda "Amkar" o'rtasidagi bellashuvda esa hisob ochilmadi.



Rossiya chempionatining birinchi tur o'yinlarining hech birida mehmon jamoa azolari gol urishni uddasidan chiqa olishmadi.

1-tur gollarga boy tarzda kechmadi. Ko'plab uchrashuvlarda 0:0 hisobi qayd etilgan bo'lsa, bazi bahslarda birgina gol o'yin taqdirini hal etdi.
Faqatniga "Spartak" hamda "Krasnodar"ning samaradorligi evaziga ushbu ko'rsatkich biroz yaxshilandi.
Rossiya premer ligasining 1-turida jami 11ta gol kiritildi.

Rossiya chempionati, 1-tur. Turnir jadvali


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика