So’nggi yangiliklar

19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   0 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  0 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  1 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  1 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  0 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  1 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  1 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  3 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  0 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  3 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  1

Pro liga. Sardorlik masuliyati kimlarga ishonib topshirilgan? Yangiliklar

Pro liga. Sardorlik masuliyati kimlarga ishonib topshirilgan?

Futbolda jamoa sardorlarining o'rni katta.

Maydonda etakchiligi va jamoadoshlrini oldinga etaklay olish bilan birga maydon tashqarisida ham murabbiy va futbolchilar o'rtasida bog'lovchi vazifasini o'taydi.

Har bir jamoaning o'z etakchisi bo'lishi aniq. Ko'pincha sardor tayinlayotganida uning yoshi va mahalliy ekanligiga etibor qaratiladi. Bugungi Pro ligaga oid  maqolamizda jamoalarning sardorlarini tanishtirib o'tamiz.  

“Andijon” - Ildar Mamatkazin, Vladimir Bubanya 

“Burgutlar” jamoasida sardorlik Ildar Mamatkazin zimmasiga yuklatilgan. Markaziy himoyachida etakchilik xususiyati mavjud. Viktor Kumikov oldiga tezroq Superligaga qaytish vazifasi yuklatilgan. Hozirda jamoa ancha yoshartirilgan. Mamatkazin liderlik qobilyati bor va u jamoasini etaklay oladi. Ildar maydonda bo'lmaganda, bu vazifani legioner himoyachi Vladimir Bubanya zimmasiga yuklatiladi.  


“Buxoro” - SHavkat Salomov 

Buxoroliklarda sardorlik vazifasi tajribali yarim himoyachi SHavkat Salomov gardaniga tushgan. O'tgan yilda ham u bu vazifani bajarayotgandi. Hakim Fuzaylov bosh murabbiy etib tayinlanganidan so'ng, qator tajribali futbolchilarni jalb qildi. SHunga qaramay, SHavkat sardorlik bog'ichida qoldirildi. Unda haqiqiy etakchilik qobilyati bor va jamoasini oldinga qarab etaklay oladi. 

“Yangier-Quruvchi” -  Qahramon Bahodirov 

Yangi mavsum oldidan yangierliklar tarkibni sezirarli darajada kuchaytirdi. Avvalgi mavsumlarda sardorlik bog'ichi Abdumalik Toshpo'latov zimmasida edi. Biroq u “Mashal”ga o'tib ketdi. Aksincha, “Mashal”dan taklif qilingan Qahramon Bahodirov “Yangier-“Quruvchi” sardoriga aylandi. Bahodirov nafaqat sardor va shu bilan bir qatorda jamoada yoshi katta futbolchi hisoblanadi. 

“G'ijduvon” - Sardor Sulaymonov, SHavkat Raxmatov.

G'ijduvonliklar ustozi Bahodir SHaymardonovdan jamoadagi sardor kim ekanligini so'raganimizda, Sardor Sulaymonov sardor ekanini malum qildi. Lekin Sulaymonov asosan zaxirada qolayotgani bois, uning o'rnini himoyachi SHavkat Rahmatov bajarmoqda. Rahmatov mahalliy va tajribali ekanligi bilan izohladi. 


“Xorazm” - G'ayrat O'daev, Abror Xo'sinov.

Uzoq yillardan buyon urganchliklar sharafini munosib himoya qilib kelayotgan darvozabon G'ayrat O'daev jamoadagi eng tajribali futbolchilardandir. SHu bilan birgalikda O'daev “Xorazm”ga sodiqligidan kelib chiqqan holda, sardorlikni zimmasiga olgan. O'daevdan keyin sardorlik bog'ichi Abror Xo'sinovga ishonib topshiriladi.


“Turon” -  Sardor Abduraimov. Azam Aliev 

Superligaga qaytishni maqsad qilgan yaypanliklarda sardorlik bog'ichi Sardor Abduraimov zimmasida bo'lib, u maydonda liderlikini namoyon eta oladi. Undan keyingi vice-cardorlik vazifasini nisbatan tajribali bo'lgan Azam Aliev bo'yniga tushadi. Aliev “Navbahor” va “Neftchi”dagi faoliyati orqali muxlislarga tanish. 


“SHo'rtan” - Abduxoliq Qurbonov

G'uzorliklarni bu yil ham Abduxoliq Qurbonov maydonga sardor sifatida boshlab tushmoqda. Jamoadagi tajribali futbolchilardan biri bo'lgan Qurbonov maydonda sheriklarini boshqara oladi. Aynan shuning uchun ham jamoadagilar Abduxoliqga sardorlik bog'ichini ishonib topshirishmoqda. 

“Aral Samali” - Azamat Babajonov, Miyras Qarlybaev.

Nukusliklar ham sardorni tayinlashda futbolchining yoshiga etibor berishgan. Natijada Azamat Babajonov masuliyatni o'z bo'yniga olgan. Bir necha yillardan buyon “Orol” sharafini himya qilib kelayotgan ushbu futbolchi har qanday xolatda jamoaga sodiq ekanligini amalda isbotlab kelayotgani ham tahsinga sazovor. Undan keyingi sardor esa Miyras Kalibaev sanaladi. 

“Zomin” - Eldor Karimov

“Zomin” tarkibi asosan yoshlardan tashkil topgan. SHu bois ular sardorni tanlashda bu borada mahalliy futbolchi Eldor Karimov nomzodida to'xtalgan. Karimov bir necha yillardan buyon zominliklar sardori vazifasini bajarib kelmoqda. O'tgan yili u muhim paytlarda gollar urib, jamoasining Pro ligaga yo'llanma olishida ko'maklashgandi. Qisqasi, Eldorda bu borada katta tajriba bor. 

“Mashal” - Najmiddin Normurodov, SHahzod SHaymanov.

Pro ligaga tushib ketgan “gazchilar” tarkibi birmuncha yoshartirildi. Asosan yoshlarni taklif qilindi. Sardorlik bog'ichi esa tajribali himoyachi Najmiddin Normurodovga topshirilgan. U ham klubda ancha yillardan beri  o'ynab kelmoqda. Vice-sardorlik esa SHahzod SHaymanov bo'yniga yuklatilgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика