So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Pro-liga peshqadamlari bahsida rekord ko'ramizmi? Yangiliklar

Pro-liga peshqadamlari bahsida rekord ko'ramizmi?

Teglar :  Neftchipro liga
O'zbekistonda klub ramzi tepasida yulduz tasviri tushirilgan kam sonli jamoalardan biri Farg'onaning "Neftchi" klubi hisoblanadi.

O'z tarixida 5 bora mamlakat chempionligini tantana qilgan jamoa so'ngi yillarda Pro-ligada qolib ketayotgani albatta achinarli. 2019 yilgi mavsumda emasku, lekin o'tgan 2020 yili jamoa o'z nomiga munosib bo'lishi uchun ishtiyoq bilan harakat qildi. Bir qator manbalarda "Yil o'yini" deya tarif berilgan o'sha "Turon" bilan kechgan shiddatli bahsning darajasi shu qadar ortib ketdi-ki, eshitmagan muxlis, o'z munosabatini bildirmagan mazkur soha mutaxassisi qolmadi.

Xabaringiz bor, 2020 yilgi Pro-liganing 20-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Turon" uchrashuvi yakunida yuz bergan tartibbuzarliklardan so'ng Farg'ona jamoasi 3 uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o'tkazishi bo'yicha diskvalifikaciyaga uchragan edi. Bugunga kelib "Neftchi" uchun mazkur jazo muddati yakuniga etdi. Farg'onaliklar o'z maydonlarida Superligaga o'tish o'yinida "Andijon", Pro-liganing 1-turida "Olimpik" va mazkur chempionatning 3-turida "Istiqlol" jamoalari bilan belgilangan 3 ta uy uchrashuvini o'tkazib bo'lishdi. Endilikda "Neftchi"ning o'z maydonida o'tadigan o'yinlarida muxlislar ham ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.

Jamoa kuni kecha, yani 12 aprel kuni Pro-liganing 4-turi doirasida Nukusning "Aral Samali" klubini mag'lub etdi.17 aprel sanasida esa, mazkur chempionatning 5-turida o'z maydonida Urganchning "Xorazm" klubini qabul qiladi. Bu jamoalar ayni damda musobaqa jadvalida bir xil, 10 ochkodan jamg'argan xolda to'plar nisbatiga ko'ra birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallab turishibdi. Bizga malum bo'lishicha, mazkur o'yinda farg'onaliklar muxlislar tashrifi bo'yicha Pro-liga rekordini o'rnatishmoqchi ekan. Bu o'yinning dam olish kunlarida bo'lib o'tishi ham shu sanada "Istiqlol" stadioniga ko'plab futbol muxlislari tashrif buyurishlariga zamin yaratishi, shuningdek jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun Xorazmdan ham bir qator muxlislar etib kelishi katta ehtimol. Farg'ona jamoasi muxlislari esa hozirdanoq ushbu o'yinga bo'lgan tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.

 


Bekzod Tolibov

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика