Pro liga. "Olimpik" Superligaga chiqish uchun pley-offda qatnashishi deyarli aniq
14 noy 2021 18:13
Yangiliklar
Pro liga. "Olimpik" Superligaga chiqish uchun pley-offda qatnashishi deyarli aniq
To'rtinchi o'rindagi "Nurafshon" so'nggi turdan oldin 3-o'rinni egallab, Superligaga chiqish uchun pley-off uchrashuvida qatnashish uchun imkoniyatni saqlab qoldi, ammo bu imkoniyat juda ham kichik.
Gap shundaki "Nurafshon" so'nggi turda uchinchi o'rindagi "Olimpik" bilan o'ynaydi va g'alaba qozonsa ochkolar bo'yicha Toshkent klubiga etib oladi. Ochkolar teng kelib qolganida dastlab o'zaro o'yinlarga qaraladi.
Bu klublarning 2021 yilgi mavsumda o'tkazgan o'zaro o'yinlari:
"Olimpik" - "Nurafshon" 0:2
"Nurafshon" - "Olimpik" 0:1
"Olimpik" - "Nurafshon" 5:0
Oxirgi o'zaro o'yin so'nggi turda bo'lib o'tishi haqida yozdik.
Ayni paytda "Olimpik" o'zaro o'yinda 6 ochkoga ega va to'plar farqi 6:2.
Demak, "Nurafshon" oxirgi turda "Olimpik"ni kamida 5ta to'p farqi bilan mag'lub etsagina 3-o'ringa chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Pro ligada oxirgi tur 21 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar