So’nggi yangiliklar

20:20Мирко Йеличич: "90 дақиқа мобайнида ҳужумда ўйнаб, иккита голни стандартдан ўтказиб юбориш... Бу ҳақда гапириш қийин"  0 19:59БАА Про лигаси. Шукуров ва Мозговой жамоаси йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 19:39Постекоглу АПЛ тарихида энг тез истеъфога чиқарилган мураббий бўлди  0 19:35Суперлига. "Динамо" – "Бухоро" 0:1 (матнли трансляция)  11 19:00Суперлига. "Бунёдкор" 9 йилдан сўнг Наманганда "Навбаҳор"дан устун келди  41 18:49АПЛ клубида истеъфо юз берди  3 18:24АПЛ. "Челси" сафарда йирик ғалабага эришди  2 18:08Ла Лига. "Барселона" - "Жирона". Бошланғич таркиблар маълум  14 17:50АПЛ. "Манчестер Сити" - "Эвертон". Ҳусанов қайдномага киритилмади  4 17:11Пролига. "Локомотив" "ФарДУ" билан ўйинда очко йўқотди  2 15:27Дарвозаларга 7 та гол урилган йилнинг энг яхши тўқнашуви "Андижон" - "Шўртан" учрашувидан галерея  6 15:05Суперлига. "Сурхон" 7 ўйиндан буён ғалаба қозона олмаяпти — Термиз клубида руҳий "инқироз"  4 14:44Про лига. "Локомотив" - "ФарДУ". Таркиблар маълум  1 14:35Роберто Манчини “Манчестер Юнайтед”ни бошқариши мумкин  4 14:10Гвардиола фаолиятида қачон танаффус қилишини айтди  1

PRO-liga. "Neftchi"ning mashg'ulotlari davom etmoqda Yangiliklar

PRO-liga. "Neftchi"ning mashg'ulotlari davom etmoqda

Teglar :  NeftchiPRO-liga
Farg'onaning "Neftchi" klubi Qirgulidagi qarorgohida Pro-liga yangi mavsumiga tayyorgarlikni olib bormoqda.

Jamoaning asosiy maydonida tamirlash ishlari olib borilayotganligi sababli mashg'ulotlar zahira maydonida o'tkazilmoqda. Har kuni kunning ikki vaqtida o'tkazilayotgan mashg'ulotlarda jamoa bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov, yordamchi murabbiylar Ilhom Zaylobiddinov, Diyor Alijonov hamda Xislat CHilmatovlar boshchilik qilmoqdalar.

"Neftchi" mashg'ulotlari qizg'in va quvnoq tarzda o'tmoqda. Tajribali futbolchilar Mansur Saidov, Dilyor Irmatov, Farrux Turdialievlar mashg'ulotlarga ko'tarinki kayfiyat ulashmoqdalar.

- "Asosiy maydonimizda tamirlash olib borilayotganligi tufayli mashg'ulotlarni zahira maydonida olib bormoqdamiz" - deydi jamoa bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov. "Neftchi" yaqinda "Hokim kubogi-2020" musobaqasida ishtirok etdi. Yildan yilga nufuzi ortib borayotgan mazkur musobaqa jamoamizni kelayotgan mavsumga munosib tayyorlash, tarkibga yangi jalb etilgan futbolchilarni sinovdan o'tkazish kabi vazifalarni amalga oshirishimizda katta yordam berdi. Musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritganimiz muhim natija albatta. Endilikda bor etiborimizni 2020-yilgi Pro-liga musobaqalariga qaratamiz. "Neftchi"ning shonli tarixi va o'z darajasi bor. Barchamiz buni birdek anglagan xolda Pro-ligada munosib ishtirok etib, mavsum yakunida Superliga yo'llanmasiga ega chiqishni maqsad qilganmiz.



Yangilanayotgan "Neftchi" o'yingohi



Maydon maysasi ham tobora chiroy ochib bormoqda




Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика