Pro-liga. "Labsa" - "Lokomotiv-BFK“. Prevyu
09 iyu 2018 16:03
Yangiliklar
Pro-liga. "Labsa" - "Lokomotiv-BFK“. Prevyu
Bahsni Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda A.Sultonov hamda J.Rustamovlar yordam berishadi. Uchrashuv komissari etib Baxtiyor Namozov tayinlangan bo'lsa, nazoratchilikni Oleg Rubakov o'z bo'yniga olgan.
"Lokomotiv-BFK" jamoasi Pro-ligada o'tkazilgan barcha uchrashuvlarda g'alaba nashidasini surmadi. Toshkentliklar faqatgina 13-turda o'z maydonida "Iftixor"ga qarshi uchrashuvda mavsumdagi ilk ochkosiga ega chiqdi. Qolgan 11 o'yinda esa faqatgina mag'lubiyat qayd etilgan.
Birinchi davrada o'tkazilgan "Lokomotiv-BFK" - "Labsa" o'yinida SHuhrat Jo'raev shogirdlari o'zlarining Pro-ligadagi ilk g'alabasini nishonlashgan edi. Hisob - 2:1.14-turdagi bahs mazkur jamoalarning o'zaro ikkinchi to'qnashuvi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz "Labsa" - "Lokomotiv-BFK" uchrashuvi 11 iyun kuni "Vobkent" markaziy o'yingohida bo'lib o'tadi. Barchangizni ushbu jamoalarning qiziqarli bahsida kutib qolamiz.
PFK "Labsa" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar