So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  3 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

PRO-liga. "Istiqlol" "SHo'rtan" bilan bahsda "kambek" amalga oshirdi Yangiliklar

PRO-liga. "Istiqlol" "SHo'rtan" bilan bahsda "kambek" amalga oshirdi

PRO-liganing 9-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "SHo'rtan" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinning dastlabki daqiqalarini jamoalar bir-birlarini o'rganish bilan o'tkazdilar. Goh "SHo'rtan" vakillari, goh "Istiqlol" vakillari xavfli vaziyatlar yaratishga urinishdi. O'yinning 23-daqiqasida qarshi hujumdan unumli foydanlangan Islom Boysariev ikki himoyachidan ustun kelib hisobni ochdi - 0:1. Uchrashuvda mezbonlar o'zlariga o'xshashmadi. Balki "Surxon"dagi mag'lubiyat o'z tasirini ko'rsatgandir.

O'yinning ikkinchi bo'limida "Istiqlol" juda katta o'zgarishlarga qo'l urdi. 56-daqiqada Elyor Akbarov uch himoyachini ortda qoldirib ketayotgan vaziyatda raqiblar uni to'xtatib qolishdi va penalti belgilandi. Zaxiradan maydonga tushgan Timur Tolipov hisobni tenglashtirdi - 1:1. O'yinda "Istiqlol" vakillaridan Rustam Abduhamidov hargalgidek ajralib turdi. 70-daqiqada Abduhamidov o'z qanotidan reyd amalga oshirib yaqinroq bo'lgan masofadan to'pni sheriklariga etkazib berishga harakat qildi, Obid Jo'raboev esa bu vaziyatda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi - 2:1.

Qolgan vaqt esa juda qiziq o'tdi. To'qnashuvlar, bahsli vaziyatlar ko'p kuzatila boshladi. "Istiqlol" vakillari qarshi hujumga o'tib olishdi. Bir necha qulay imkoniyatlar qo'ldan boy berildi. "SHo'rtan" vakillari esa hisobni tenglashtirishning uddasidan chiqa olishmadi.



“Istiqlol” – “SHo'rtan” 2:1
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin.
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev.

Gollar: Timur Tolipov (pen) 57, Obid Jo'raboev 70 - Ilhom Boysariev 23.

Ogohlantirishlar: Sanjar Asqaraliev 38, Aziz Madaliev 82 - Otabek Narzullaev 38. Obid Jo'raboev 56.

“Istiqlol”: 1. Eldor Isaboev, 3. Iqbol Boboxonov, 4. Jasur Ermamatov, 5. Abduxoliq Qurbonov (S), 7. Rizo Ayvazov, 8. Sardor Sotvoldiev, 10. Elyor Akbarov, 11. SHerdor To'xtasinov, 13. Temur Sultonov, 14. Rustam Abduhamidov, 23. Sanjar Asqaraliev.
Zaxira: 12. Nodir Ashurmatov, 2. Aziz Madaliev, 9. Jahongir Dadaboev, 15. Bobur Aminjonov, 18. Abdulaziz Yoqubov, 19. Temur Tolipov, 22. Sardor Telyakov.

“SHo'rtan”: 25. Alibek Turobov, 3. Muhammadali Aliqulov, 6. Xolmurod Xolmurodov, 7. Olimjon Karimov, 8. Sirojiddin Rahmatullaev, 11. Jasur Xolto'raev, 17. G'ulom Rahmonov, 21. Islom Boysariev, 22. Og'abek Erkinov, 77. Otabek Narzullaev (S), 86. Obid Jo'raboev.
Zaxira: 30. Temur Jo'raev, 9. Kenja To'raev, 10. Marufxon Murodov, 14. Jonibek Mirzaqulov, 19. Muhammadali Abdurahmonov, 23. SHahzod Xursanov, 24. Nurbek Yo'ldoshev

Behruz Xoliqov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика