PRO-Liga. “Istiqlol” – “Dinamo” uchrashuvi qaerda bo'ladi?
23 apr 2018 11:20
Yangiliklar
PRO-Liga. “Istiqlol” – “Dinamo” uchrashuvi qaerda bo'ladi?
Xabaringiz bo'lsa kerak, ertaga PRO-Liganing navbatdagi turiga start beriladi.
SHuningdek ertaga Superliga o'yinlari ham bo'lib o'tadi. Etiborlisi seshanba kuni Farg'ona shahrida Superliganing “Neftchi” – “Metallurg” va PRO-Liganing “Istiqlol” – “Dinamo” uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Har ikki mezbon jamoaning ham uy stadioni “Istiqlol” stadioni ekanligi bois ko'pchilikda savol tug'ilishi tabiiy – “Istiqlol”da qaysi uchrashuv bo'lib o'tadi?
Bizga malum qilishlaricha, ertaga “Istiqlol” stadionida Superliganing “Neftchi” – “Metallurg” uchrashuvi bo'lib o'tadi. PRO-Liganing 4-tur o'yini esa Qirguli mavzesida joylashgan “Neftchi SK” stadionida o'tkaziladigan bo'ldi.
Demak, ertaga farg'onalik muxlislarda tanlash imkoni bor. Har ikki uchrashuv ham qiziqarli va murosasiz tarzda o'tishiga shubha yo'q.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar