Pro-liga: “Iftixor” futbolchilari normativ topshirishdi
17 mar 2018 11:55
Yangiliklar


Pro-liga: “Iftixor” futbolchilari normativ topshirishdi
Xabaringiz bor, bundan keyin Superliga va Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi.
Futbolchilar topshiradigan test-sinovlari O'zbekiston futbol Associaciyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.
Bugun O'zbekiston Yoshlar Ittifoqining “Iftixor” jamoasi futbolchilari “Istiqlol” stadionida jismoniy tayyorgarlik holati bo'yicha ilmiy guruh vakili SHamil Iseev boshchiligidagi nazorat sinovidan o'tdilar. Futbolchilar 4 yo'nalishda (30 metrga yugurish, joyidan uzunlikka sakrash, 7x50m va "Yo Yo" test) normativ shartlarini bajarishdi. SHuningdek, darvozabonlar to'pni qo'l hamda oyoq bilan uzoq masofaga etkazish bo'yicha sinovdan o'tkazildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar