Pro-liga: “Iftixor” futbolchilari normativ topshirishdi

Narzulla Saydullayev
17 mar 2018, 11:55
Xabaringiz bor, bundan keyin Superliga va Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi.

Futbolchilar topshiradigan test-sinovlari O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Bugun O'zbekiston Yoshlar Ittifoqining “Iftixor” jamoasi futbolchilari “Istiqlol” stadionida jismoniy tayyorgarlik holati bo'yicha ilmiy guruh vakili Shamil Iseev boshchiligidagi nazorat sinovidan o'tdilar. Futbolchilar 4 yo'nalishda (30 metrga yugurish, joyidan uzunlikka sakrash, 7x50m va "Yo Yo" test) normativ shartlarini bajarishdi. Shuningdek, darvozabonlar to'pni qo'l hamda oyoq bilan uzoq masofaga etkazish bo'yicha sinovdan o'tkazildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz