Pro liga debyutanti uy uchrashuvlarini Superliga klubi maydonida o'tkazadi
21 fev 14:43
Yangiliklar
Pro liga debyutanti uy uchrashuvlarini Superliga klubi maydonida o'tkazadi
Bu yil Pro ligada "Do'stlik" va "Olimpik Mobiuz" jamoalari debyut qiladi.
Toshkentning "Do'stlik" jamoasi bunga qadar Birinchi liga bahslarida o'z qarorgohidagi suniy maydondan foydalanib kelayotgan edi. Endilikda klub Pro ligada raqiblarni "Lokomotiv" stadionida qabul qiladi. Bu haqida jamoa bosh murabbiyi SHuhrat Qurbonov saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov bilan suhbatda malum qildi.
"Uy o'yinlarimizni "Lokomotiv" stadionida o'tkazamiz. Mashg'ulotlarni esa avval "Toshkent" degan jamoa o'ynagan maydonni rekonstrukciya qilgan holda olib boramiz",- deydi "Do'stlik" ustozi SHuhrat Qurbonov.
Malumot uchun, jamoa ilk turni 12 mart kuni mehmonda "Aral"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar