So’nggi yangiliklar

22:32U-23 Осиё кубоги. Хитой Вьетнамни мағлубиятга учратиб, финалга йўл олди!  0 22:2339 ёшли Жеко Германиядан клуб топди  0 22:01Германияда АҚШдаги Жаҳон чемпионатини бойкот қилиш ҳақида гапирилмоқда  2 21:35ЕЧЛ. "Будё Глимт" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  9 21:21"Андижон" ўртоқлик ўйинида Шимолий Македония клуби билан дуранг ўйнади  2 20:56Инфантинонинг маоши ФИФА президентлиги даврида тўрт баробар кўпайди  7 20:30"Барса" ва "Юве" қизиққан АПЛ клуби ҳимоячисини "Челси" сотиб олмоқчи  1 19:54"Реал" Винисиус бўйича катта трансфер таклифини олди  7 19:26Артета "Интер"га қарши ўйин ҳақида: "100 фоизли натижа бўшашишга олиб келмайди"  4 18:59"Нефтчи" Болгария жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди  11 18:39U-23 Осиё Кубоги. Япония Кореяни ютиб, финалга йўл олди  0 18:21Скоулз дербидаги ғалабадан сўнг Мартинесни огоҳлантирди  1 17:48"Ювентус" Матета бўйича таклиф билан чиқди  0 17:20Расман: "Локомотив" сербиялик ярим ҳимоячини таркибга қўшиб олди  2 16:52Энрике Диасни ҳимоя қилди ва уни Зидан билан таққослади  13

PRO-Liga. Bugun imkoniyatlar kimda qanday? Yangiliklar

PRO-Liga. Bugun imkoniyatlar kimda qanday?

Teglar :  PRO-ligaAndijon
PRO-Ligada yuzaga kelgan intriga bugungi kunda barchani o'z qarashi bo'yicha hisob-kitob qilishga undamoqda.

Kimdir chempion “Andijon” bo'ladi desa, yana ayrimlar “Mashal”ni  -o'ringa ko'tarilib olishini tahmin qilmoqda. Buyog'iga matematika boshlandi.

Xabaringiz bo'lsa kerak, bugun PRO-Liganing “A” guruhida 34-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Unda muxlislarni bir-biridan qiziq uchrashuvlar kutib turibdi desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Boisi yuzaga kelgan intriga ishqibozlarni ham katta hayajonda ushlab turibdi.

Jumladan bugun chempionat peshqadami “Andijon”ni safarda “Xorazm”ga qarshi juda muhim va shu bilan birga qiyin bahs kutib turibdi. SHubhasiz mehmonlar Urganchga faqat va faqat g'alaba ilinjida borishgani aniq. Lekin Aleksandr Ejov boshqaruvidagi “Xorazm” ham o'z uyida har qanday jamoaga osonlikcha taslim bo'lmasligini ilgari ko'p bor guvoh bo'lganmiz. Agarda mezbonlar bor kuchini ishga solsa, “burgutlar”ga oson bo'lmaydi. Ushbu jamoalarning joriy mavsumda hozirgacha o'tkazgan uchta o'yinida ham “Andijon”ning qo'li baland kelganini etirof etmoq lozim. Ko'ramiz, bu safargi bahsni ham Ildar Sakaev jamoasi o'z foydasiga hal eta olarmikin. Malumot uchun ushbu bahsni Superliga hakami toshkentlik Hasan Ro'ziev boshqarib boradi.

“Xorazm” – “Andijon
Imkoniyatlar:
40x60



Turnir jadvalida 2-o'rinni band etib turgan “Mashal”ga ham ushbu turda oson bo'lmaydi. Negaki, “gazchilar”ning qarshisida 3-4-davra o'yinlarini yuqori saviyada o'tkazib kelayotgan “Dinamo” jamoasi gavdalanmoqda. Ochig'ini aytganda, samarqandliklar ham hamon sovrinli o'rinlar uchun kurashdan chetga chiqqani yo'qligini so'nggi turlarda ham isbotlamoqda. Ushbu to'qnashuvni hech ikkilanmasdan turning markaziy o'yini desak xato bo'lmaydi. CHempionlikdan umidini uzmagan “Mashal” qanday bo'lmasin o'z maydonida “Dinamo”ni mag'lub etishga urinadi. Lekin Davron Fayziev jamoasi ham osonlikcha taslim bo'lmaydi va g'alaba uchun bor kuchini ishga solishi aniq. CHunki samarqandliklar ham kamida 3-o'ringa ko'tarilishga va bu orqali pley-offga chiqishga urinadi. Turning markaziy uchrashuvini navoiylik hakam Zokir Qodirov boshqarib boradi.

“Mashal” – “Dinamo”
Imkoniyatlar: 
55x45



O'tgan turda Andijonda alamli mag'lubiyatga uchrab, 1-o'rindan umidini uzgan “Surxon” jamoasi endi bor etiborini 2 yoki 3-o'rinni egallashga qaratadi. Qaysidir manoda termizliklar ushbu turda nafaqat “Orol”ni mag'lub etishni balki “Dinamo”ni “Mashal” ustidan g'olib chiqishiga ham umid qiladi. Agarda voqealar rivoji “Surxon” jamoasi o'ylaganidek, “Mashal” ushbu turda mag'lub bo'lib, termizliklar “Orol”ni mag'lub etsa, u xolda 2-o'rin uchun kurash chempionatning so'nggiga qadar davom etishi mumkin. Nematulla Qutiboev boshqaruvidagi “Orol” o'z maydonida har qanday jamoaga jiddiy qarshilik ko'rsatib, osonlikcha ochko ulashmaydi. Umid qilamizki, bugun ham muxlislar jangavor bahsga guvoh bo'ladi.

“Orol” – “Surxon”
Imkoniyatlar
: 40x60.



Hozirdan ko'pchilik “Istiqlol” – “Norin” uchrashuvida mezbonlarni favorit deya hisoblamoqda. Ammo unutmaslik kerakki, haqqulobodliklar ham kutilmaganda sensaciya qayd etib, ko'pchilikni uyaltirib qo'yish extimoli bor. Joriy mavsum hisobidan ushbu jamoalarning hozirgacha o'tkazgan 3ta o'yinida farg'onaliklarning qo'li baland kelgan. Ko'ramiz, “Norin” bo'lajak bahsda qora ananasiga chek qo'ya olarmikin.

“Istiqlol” – “Norin”
Imkoniyatlar
: 70x30.


34-tur.
8 noyabr (payshanba)

«Orol» - «Surxon»
«Xorazm» - «Andijon»
«Istiqlol» - «Norin»
«Mashal» - «Dinamo»
«SHo'rtan» dam oladi


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика