So’nggi yangiliklar

20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  0 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  1 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  4 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5

Pro liga. Bugun Farg'onada chempionlik o'yini! Yangiliklar

Pro liga. Bugun Farg'onada chempionlik o'yini!

Bugun 2020 yilgi Pro liganing eng so'nggi o'yini bo'lib o'tadi.

Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida peshqadam "Neftchi" ikkinchi o'rindagi "Turon"ni qabul qiladi.

"Neftchi" birinchi o'rinda qolishi uchun g'alaba yoki durang kifoya qiladi. "Turon" esa birinchi o'ringa chiqishi uchun faqat g'alaba zarur.

Eslatib o'tamiz, Pro ligada birinchi o'rinni olgan klub 2021 yilgi Superligaga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rin sohibi esa Superligada 13-o'rinni egallagan klub bilan pley-off bahsini o'z maydonida o'tkazadi.


Bu mavsum ushbu klublar hozirga qadar o'zaro uchta o'yin o'tkazishdi.

7-tur doirasida o'tgan "Turon" - "Neftchi" uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan. Mehmonlar hujumchisi Dostonbek Toshmatovning goliga mezbonlar safida Asilbek Qayumov javob bergandi.

14-tur doirasida kechgan "Neftchi" - "Turon" o'yini ham 1:1 hisobi bilan tugagan. Bu safar yaypanliklar vakili Sunnat Ermatov hisobni ochgan, so'nggi daqiqalarda Sanjar Zokirov hisobni tenglashtirgandi.

Ikkinchi bosqich doirasidagi "Turon" - "Neftchi" bahsida mehmonlar zafar quchishgan. Mirjalol Nematov va Dostonbek Toshmatovning gollariga mezbonlar javob bera olishmagan - 0:2.



Pro liga, 20-tur.
NEFTCHI – TURON
1 dekabr 2020 yil. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 14:00 (Futbol TV LIVE)
Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: SHohruh Said.

Neftchi

PRO liga. 20-tur

01/12/2020, 14:00

1
:
0
Tugadi

Turon

45'
90'
81'  


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика