So’nggi yangiliklar

23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  1 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  4 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  8 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  11 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9

PRO-Liga, “B” guruhi. 6-turda Oltiariqda bayram Yangiliklar

PRO-Liga, “B” guruhi. 6-turda Oltiariqda bayram

2 may, chorshanba kuni PRo-Liganing “B” guruhida ham 6-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Odatga ko'ra, tur yakunlari bo'yicha muxlislarning stadionga tashrifi borasida sarhisobni etiboringizga havola etamiz.

Afsuski PRO-Liganing “B” guruhidagi o'yinlarga tomoshabindarning qiziqishi juda ham past darajada bo'lmoqda. Vaholanki ayrim jamoalar stadionga kirishni bepul qilib belgilagan. SHunga qaramay, ishqibozlarning tashrifi bazida 1000dan ham oshmayapti.

Xususan, 6-turning 4ta o'yiniga jami 4086 nafar muxlis kirgan. Bu har bir bahsga o'rtacha 1021 tomoshabin demakdir.

Eng ko'p ishqiboz kuzatgan uchrashuv “Iftixor” – “Lokomotiv-BFK” bo'ldi. Oltiariqdagi o'yinga 2386 odam kirgani, uchrashuv qaydnomasida ko'rsatib o'tilgan. Afsuski ushbu raqamlar turning eng yuqori ko'rsatkichi bo'lib tarixda qoladigan bo'ldi.

Aksincha eng kam ishqiboz tashrif buyurgan bahs esa “Nurafshon” – “Yozyovon” bo'ldi. Liga debyutanti Toshkent viloyatining “Nurafshon” jamoasi hali beri o'z muxlislarini topib ulgurmagani bilinib turibdi.

Bundan tashqari Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo'lib o'tayotgan o'yinlarga ham tomoshabinlar tashrifi 1000dan ham ortmayapti.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

“IFTIXOR” – “LOKOMOTIV-BFK” – 1:0 (0:0).

Oltiariq shahri. “Markaziy” stadion. 2386 tomoshabin.

“SHERDOR” – “XOTIRA-79” – 3:1 (2:0).
Samarqand shahri. “Dinamo” stadioni. 203 tomoshabin.

“NURAFSHON” – “YOZYOVON” – 2:0 (2:0).

Toshkent viloyati. “Do'stlik” stadioni. 152 tomoshabin.

“ZOMIN” – “G'IJDUVON” – 1:0 (0:0).

Zomin shahri. “Markaziy” stadion. 1345 tomoshabin.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика