PRO-Liga, “B” guruhi 4-tur. Eng ko'p muxlis Vobkentda, Samarqandda eng kam
26 apr 2018 14:07
Yangiliklar
PRO-Liga, “B” guruhi 4-tur. Eng ko'p muxlis Vobkentda, Samarqandda eng kam
Seshanba kuni bo'lib o'tgan “B” guruhidagi 4ta o'yinga jami 6 618 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.
Har bir uchrashuvga o'rtacha 1 654 ta muxlis qadam ranjida qilgan.
Eng ko'p ishqiboz Buxoro viloyati, Vobkent tumanida kechgan “Labsa” – “Xotira-79” (1:2) uchrashuviga tashrif buyurdi. Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan bahsda mehmonlar irodali g'alabaga erishdi. Mazkur o'yinga 3114 nafar ishqiboz kelgan.
Aksincha bu boradagi eng past ko'rsatkichni samarqandliklar qayd etdi. O'tgan turda “Dinamo”ning o'yiniga 10 000dan ziyod muxlis kirib, bu borada barchaga o'rnak bo'lgandi. Ammo samarqandliklar bu turda eng past ko'rsatkichni qayd etdi. Samarqanddagi “Dinamo” stadionida kechgan “SHerdor” – “G'ijduvon” (2:2) uchrashuvini atiga 157 nafar tomoshabin bevosita stadionda kuzatib bordi.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
“LABSA” – “XOTIRA-79” - 1:2 (1:0).
Vobkent shahri. “Yoshlik” stadioni. 3114 tomoshabin.
“IFTIXOR” – “YOZYOVON” - 3:0 (2:0).
Oltiariq shahri. “Markaziy Oltiariq” stadioni. 3005 tomoshabin.
“NURAFSHON” – “ZOMIN” - 1:1 (1:0).
Toshkent viloyati. “Do'stlik” stadioni. 342 tomoshabin.
“SHERDOR” – “G'IJDUVON” - 2:2 (1:0).
Samarqand shahri. “Dinamo” stadioni. 157 tomoshabin.
Fikrlar