So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  9 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

PRO-Liga “B” guruhi, 22-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga “B” guruhi, 22-tur statistikasi

Teglar :  PRO-ligaB guruhi
Kuni-kecha PRO-Liganing “B” guruhida 22-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, poyoniga etgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“ZOMIN”DAN KAMBEK
“B” guruhida ham aslida 4ta o'yin bo'lishi kerak edi. Ammo Uychining “Xotira-79” jamoasi PFL oldidagi qarzdorliklarni belgilangan muddatda bartaraf etmagani uchun “Labsa” jamoasiga texnik g'alaba yozildi. SHu bois 22-turda muxlislar 3ta o'yinga guvoh bo'ldi.

Samarqadning “SHerdor” jamoasi seshanba oqshomida “G'ijduvon”ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.

Oltiariq tumanida kechgan Farg'ona derbisida ham mezbonlarning qo'li bo'landa keldi. SHu kuni “Iftixor”ni maydonga yangi bosh murabbiy – Islombek Ismoilov olib tushdi. Aytish kerakki, 26 yoshli murabbiy ilgari “Yozyovon” jamoasiga ham ustozlik qilgandi. Ismoilovning yangi jamoasidagi debyuti sobiq klubiga qarshi o'tdi.

Turning sensacion natijasi “Nurafshon” – “Zomin” bahsida kuzatildi deyish mumkin. Boisi Toshkent viloyati jamoasi turnir peshqadami bo'lib turgandi. Qolaversa “Nurafshon” o'z uyida har qanday raqibni mag'lub eta olishini oldingi turlarda amalda isbotlagandi. Biroq zominliklar ham safardan quruq qo'l bilan qaytib ketishni istamadi va oxirigacha kurash olib irodali g'alabaga erishdi. Vali Keldiev jamoasi nafaqat iroda ko'rsatdi. Balki ular qahramonlik qildi. Negaki, birinchi taymning o'rtalariga kelganida bosh hakam “Zomin” darvozabonining xatti-xarakatlarini to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkaga loyiq deya baholadi va Javohir Komilov maydonni sheriklaridan oldin tark etib, jamosini 10 kishi bo'lib qolishini “taminladi”. SHunga qaramay zominliklar ikkinchi taymda ikkita to'p kiritib, g'alabani o'z tomonlariga og'darib yubordi. “Nurafshon”ning ushbu mag'lubiyatiga jamoada yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar ham o'z tasirini o'tkazgani turgan gap. CHunki jamoa futbolchilari uchrashuvga ikki kun muddat qolganida ham mashg'ulotga chiqmagandi.

“SHERDOR” – “G'IJDUVON” 5:1
“IFTIXOR” – “YOZYOVON” 3:2
“NURAFSHON” – “ZOMIN” 1:2


GOLLAR
* 22-turdagi 3ta o'yinda jami 14ta gol qayd etildi.
* Bu esa har bir uchrashuvga  o'rtacha 5tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar 9ta golga mualliflik qilgan bo'lsa, qolgan 5ta to'pni mehmonlar kiritdi.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida kiritilgan gollar soni 5tani tashkil etgan bo'lsa, ikkinchi taymda sermahsullik yanada ortdi va 9ta to'p qayd etildi.
* Turning eng tezkor goli 6-daqiqaga to'g'ri keldi. “Nurafshon” futbolchisi Ruslan Veklich “Zomin” darvozasiga tezkor gol kiritib, uchrashuvda hisobni ochdi. Ammo yakunda uning jamoasi mag'lub bo'ldi.    
* Aksincha turning eng so'nggi daqiqada kiritilgan goli 87-soniyada qayd etildi. “Yozyovon” azosi Mirzohid Egamberdiev zaxiradan maydonga tushib “Iftixor” darvozasini ishg'ol etdi va hisobni bittaga qisqartirdi. Lekin uning ham jamoasi yakunda mag'lub bo'ldi.
* 22-turda dublga erishgan futbolchilar soni 3tani tashkil etdi. Etiborlisi ularning ikkisi “SHerdor” futbolchilaridir. Farruh Fahriddinov bilan Maradona Safarov “G'ijduvon” bilan o'yinda ikkitadan to'p kiritgan bo'lsa, “Zomin” hujumchisi SHoxjahon Abbosov ham safarda “Nurafshon”ga qarshi kechgan uchrashuvda ikkita gol urib, jamoasiga g'alaba keltirdi.
* SHuningdek ushbu turda ikkita penalti belgilandi. Etiborlisi ikkisi ham “Yozyovon” darvozasi tomon. Bundan “Iftixor” futbolchilari – Dilmuhammad Xudoyberdiev va Nodir Yuldashev unumli foydalandi.

22-turda kimlar gol urdi?
1. Farruh Fahriddinov – “SHerdor” (2ta).
2. Maradona Safarov  – “SHerdor” (2ta).
3. Farzin Muxtorov  – “SHerdor”.
4. Nuriddin Rahmatullaev  – “G'ijduvon”.
5. Ruslan Veklich – “Nurafshon”.
6. SHoxjahon Abbosov  – “Zomin” (2ta).
7. Dilmuhammad Xudoyberdiev – “Iftixor”.
8. Nodir Yuldashev  – “Iftixor”.
9. Akmal Xolmatov – “Iftixor”.
10. Mirzohid Egamberdiev – “Yozyovon”.
11. Maqsad Ibragimov – “Yozyovon”.

OGOHLANTIRISHLAR
* 22-turning bo'lib o'tgan 3ta o'yinida jami 9ta sariq kartochka qayd etildi.
* Bu esa har bir bahsga o'rtacha 3tadan ogohlantirish demakdir.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 2ta sariq kartochka qayd etilgan bo'lsa, qolgan 7ta futbolchi ikkinchi bo'limda ogohlantirilgan.
* Mezbon jamoalardan 5 nafar futbolchi ogohlantirildi. Mehmonlardan esa 4ta.
* Eng ko'p sariq kartochka Farg'ona derbisida qayd etildi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev “Iftixor”ning 3 nafar, “Yozyovon”dan esa 2ta futbolchini sariq kartochka bilan “siyladi”.
* Oltiariqning “Iftixor” jamoasi futbolchilari ushbu turda eng ko'p sariq kartochka olgani bilan ajralib turdi.
* “SHerdor”, “G'ijduvon” hamda “Nurafshon” jamoasi futbolchilari ushbu turda 1tadan sariq kartochka olib, bu borada boshqalarga namuna bo'ldi.
* SHuningdek mazkur turda bitta qizil kartochka qayd etildi. “Zomin” darvozaboni Javohir Komilov “Nurafshon”ga qarshi bahsning 28-daqiqasidayoq to'g'ridan-to'g'ri chetlatildi. Ushbu posbon endi kamida navbatdagi ikkita tur o'yinini o'tkazib yuboradi.

22-turda kimlar sariq kartochka oldi?
1. Abdulla Nabiev – “SHerdor”.
2. Omad Toyloqov – “G'ijduvon”.
3. Nodir Yuldashev – “Iftixor”.
4. SHoxruh Xolmatov – “Iftixor”.
5. Said Abdujabborov – “Iftixor”.
6. Mirzohid Mirzamahmudov – “Yozyovon”.
7. Maqsad Ibragimov – “Yozyovon”.
8. Abdug'ani Kamolov – “Nurafshon”.
9. Tursunmurod Hamdamov – “Zomin”.

ENG KO'P MUXLIS OLTIARIQDA
* Tomoshabinlar tashrifi bo'yicha “B” guruhi jamoalari sira maqtana olmaydi. CHunki muxlislarning o'yinlarga bo'lgan qiziqishi juda ham past darajada. Bu hakda oldingi materiallarimizda juda ko'p va xo'p yozganmiz.
* 22-turning 3ta uchrashuviga jami 1401 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.
* Bu esa har bir bahsga o'rtacha 467ta ishqiboz demakdir.
* Eng ko'p muxlis Oltiariqdagi “Markaziy” o'yingohda kuzatildi.
* Toshkent viloyatidagi “Do'stlik” stadionida esa aksincha vaziyat yuz berdi.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
“SHERDOR” – “G'IJDUVON” 5:1
Kattaqo'rg'on. “Do'stlik” stadioni. 525 tomoshabin.
“IFTIXOR” – “YOZYOVON” 3:2
Oltiariq. “Markaziy” stadion. 758 tomoshabin.
“NURAFSHON” – “ZOMIN” 1:2
Toshkent vil. “Do'stlik” stadioni. 118 tomoshabin.

NAVBATDAGI TUR O'YINLARI
27.08.2018 yil
 “G'ijduvon” – “Nurafshon”
 “Yozyovon” – “SHerdor”
 “Xotira-79” – “Iftixor”
 “Lokomotiv-BFK” – “Labsa”


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика