So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  12 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

PRO-Liga “A” guruhi. 23-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga “A” guruhi. 23-tur statistikasi

Teglar :  PRO-ligaA guruhi
Xabaringiz bor, kuni-kecha PRO-Liganing 23-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. “A” guruhida intriga borgan sari kuchaymoqda.

Bu esa muxlislardagi qiziqishni yanada uyg'otmoqda. Odatga ko'ra, poyoniga etgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

PESHQADAMLAR OCHKO YO'QOTDI YOXUD “DINAMO” 90+14-DAQIQADA GOL URIB G'ALABA QOZONDI

23-tur o'yinlari muxlislarga kutilmagan natijalarni taqdim etdi. Xususan chempionat peshqadami “Andijon” o'tgan turda “Surxon”ni yirik – 3:0 hisobida mag'lub etib ko'pchilikni xayron qoldirgandi. Bu safar ham “burgutlar” yana hammani ajablantirdi. Boisi Ildar Sakaev boshqaruvidagi “Andijon” o'z uyida musobaqaning o'rtamiyona jamoasiga aylanib qolgan “SHo'rtan”ga imkoniyatni boy berdi. O'z uyida yo'qotilgan qimmatli uch ochko yakunda andijonliklarga qimmatga tushmasa bo'lgani.

Haqqulobodning “Norin” jamoasi bu safar sal bo'lmasa “Surxon”ni mag'lub etib qo'yishi ham mumkin edi. Termizliklar ikkinchi bo'limning qo'shib berilgan so'nggi daqiqalarida javob to'pini kiritib, durangga imzo chekdi.

Samarqandda kechgan dramatik uchrashuvda mezbonlardan o'ziga xos kambek bo'ldi. Davron Fayziev boshqaruvidagi “Dinamo” ikkinchi bosqich o'yinlarida mag'lub bo'lmay kelayotgandi. 23-turda “Xorazm” sal bo'lmasa Samarqandda ushbu ananaga barham berishi mumkin edi. Boisi 17-daqiqadayoq urganchliklar hisobni birinchi bo'lib ochishga muvaffaq bo'ldi. Yakunda esa bosh hakam Igor Xudaydatov tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda (90+7 – 90+14- daqiqalar) samarqandliklar ikkita to'p kiritib, g'alabani o'z tomonlariga og'darib yuborishdi.

Superligaga chiqishga asosiy nomzodlardan biri sifatida etirof etilayotgan “Mashal” negadir tezlikni pasaytirib yubormoqda. “Gazchilar” 23-turda o'z uyida “Istiqlol”ga mag'lub bo'lib, yana barchani hayratlantirdi. Ahamiyatlisi farg'onaliklar safarda qo'lga kiritilgan ushbu g'alabadan so'ng turnir jadvalida “Mashal” bilan joy almashdi.

  «ANDIJON» - «SHO'RTAN» 0:1
 «NORIN» - «SURXON» 1:1
 «Dinamo» - «Xorazm» 2:1
 «Mashal» - «Istiqlol» 1:2

GOLLAR
* 23-turning 4ta o'yinida jami 9ta gol qayd etildi.
* Bu esa har uchrashuvga o'rtacha 2tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar tomonidan kiritilgan gollar soni 4tani tashkil etgan bo'lsa, qolgan 5ta to'p mehmonlar hisobiga yozildi.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 3ta gol qayd etildi.
* Ikkinchi bo'limda esa sermahsullik yanada ortdi va 6ta to'p kiritildi.
* Turning eng tezkor goli 17-daqiqada sodir bo'ldi. Etiborlisi 17-daqiqada gol urgan futbolchilar 2tani tashkil etdi. “Xorazm” hujumchisi Temur Ismoilov “Dinamo” darvozasini birinchi bo'lib ishg'ol etgan bo'lsa, “Mashal” o'yinchisi Sardor Abduraimov penaltidan “Istiqlol” darvozasini aniq nishonga olib, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.
* Etiborlisi ularning jamoalari yakunda bir xil - 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
* Aksincha turning eng so'nggi gol 90+14-daqiqada (!) kiritildi. “Dinamo” himoyachisi Akmal Xolmurodov so'nggi daqiqada jamoasi joniga aro kirib, “Xorazm” darvozasini ishg'ol etdi. Etiborlisi 90+14-daqiqada kiritilgan gol samarqandliklarga 3 ochko keltirdi.
* Bizningcha ushbu rekordni hech kim takrorlay olmasa kerak. Yana kim biladi deysiz…  
* Etiborlisi ushbu turda dublga erishgan futbolchilar uchramadi.
* O'yinlarni boshqarib borgan hakamlar 2ta penalti belgiladi. SHundan 1ta aniq amalga oshirildi. Ikkinchisi noaniq. “Mashal”dan Sardor Abduraimov bexato amalga oshirgan bo'lsa, “Dinamo” hujumchisi Pavel Purishkin nuqtadan adashdi.

23-turda  kimlar gol urdi?
1. Mo'min Meyliev – “SHo'rtan”.
2. Temur Ismoilov – “Xorazm”.
3. Otabek Narzullaev – “Dinamo”.
4. Akmal Xolmurodov – “Dinamo”.
5. Sardor Abduraimov – “Mashal”.
6. Hamidullo Abduhamidov – “Istiqlol”.
7. Jasur Ermamatov – “Istiqlol”.
8. Bahodir Murtazoev – “Norin”.
9. Abdul Aziz Yusupov – “Surxon”.

OGOHLANTIRISH CHETLATISH
* 23-turning 4ta o'yinida jami 14ta sariq kartochka qayd etildi.
* Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha 3tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalardan 4 nafar futbolchiga sariq kartochka ko'rsatilgan bo'lsa, qolgan 10ta ogohlantirish mehmon jamoa futbolchilariga yozilgan.
* Taymlar bo'yicha oladigan bo'lsak, birinchi bo'limda 3ta sariq kartochka qayd etildi.
* Ikkinchi taymda keskinlik ortdi chog'i. CHunki yana 11ta futbolchi hakamlar tomonidan ogohlantirildi.
* Etiborlisi ushbu turda birgina “Andijon” jamoasi futbolchilari sariq yoki qizil kartochka olmasdan tartib-intizom bo'yicha boshqalarga namuna bo'ldi.
* Aksincha eng ko'p sariq kartochka “Xorazm” futbolchilari tomon ko'rsatilgan. 4ta sariq va 2ta qizil kartochka!
* SHuningdek ushbu turda 3ta futbolchiga qizil kartochka ko'rsatildi.
* Etiborlisi “Xorazm”ning ikki futbolchisi – darvozabon G'ayrat O'daev bilan himoyachi Mirjalol Qurbonov bosh hakam tomonidan muddatidan oldin maydondan chetlatildi.
* “Surxon” futbolchisi Javohir Aliqo'zievga ham “Norin” bilan o'yinda Akobirxo'ja SHukurullaev to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatdi.  

23-turda kimlar sariq kartochka oldi?
1. Abbos G'ulomov – “SHo'rtan”.
2. Mirzohid Mamatxonov – “SHo'rtan”.
3. Sirojiddin Rahmatullaev – “SHo'rtan”.
4. Sardor Qahhorov – “Norin”.
5. Ubaydullo Xoliqulov – “Surxon”.
6. Najmiddin Normurodov – “Surxon”.
7. Otabek Narzullaev – “Dinamo”.
8. Jasur Otajonov – “Xorazm”.
9. Aybek Nurboev – “Xorazm”.
10. G'ayrat O'daev – “Xorazm”.
11. Ravshan Sultonov – “Xorazm”.
12. SHahzod Ubaydullaev – “Mashal”.
13. Jamoliddin Ubaydullaev – “Mashal”.
14. Sardor Sotvoldiev – “Istiqlol”.

ENG KO'P MUXLIS SAMARQANDDA!
* Turning 4ta o'yiniga jami 5347ta tomoshabin tashrif buyurdi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 1336 nafar muxlis demakdir.
* Eng ko'p ishqiboz Samarqanddagi o'yinga tashrif buyurdi.
* Muborakda esa har doimgidek aksincha vaziyat kuzatildi.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

«ANDIJON» - «SHO'RTAN» 0:1
Andijon. “Sog'lom avlod” stadioni. 2113 tomoshabin.
«NORIN» - «SURXON» 1:1
Haqqulobod. “SHodlik” stadioni. 875 tomoshabin.
«Dinamo» - «Xorazm» 2:1
Samarqand. “Dinamo” stadioni. 2116 tomoshabin.
«Mashal» - «Istiqlol» 1:2
Muborak. “Bahrom Vafoev” stadioni. 243 tomoshabin.

NAVBATDAGI TURDA UCHRASHADILAR
24-tur.
4 sentyabr (seshanba)
«Xorazm» - «Mashal»
«Surxon» - «Dinamo»
«SHo'rtan» - «Norin»
«Orol» - «Andijon»
«Istiqlol» dam oladi
 


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика