So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

PRO-Liga, “A” guruhi. 2-turda eng ko'p muxlis “Istiqlol”da Yangiliklar

PRO-Liga, “A” guruhi. 2-turda eng ko'p muxlis “Istiqlol”da

11 aprel, chorshanba kuni mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida PRO-Liganing 2-tur o'yinlari o'tkazildi.

Odatga ko'ra, tur yakunlari bo'yicha etiborga molik jihatlarni etiboringizga havola etamiz.

PRO-Liganing “A” guruhidan o'rin olgan 4ta uchrashuvida jami 13 220 nafar tomoshabin tashrifi kuzatildi. Har bir bahsga o'rtacha 3 305ta muxlis demakdir.  Kecha Termiz, Farg'ona, Urganch va Muborak shahrida chempionatning ochilish o'yini munosabati bilan uchrashuvdan oldin ishqibozlar uchun koncert dasturi ham bo'lib o'tdi.

Eng ko'p ishqiboz tashrifi bo'yicha “Istiqlol” – “Andijon” o'yinini aytish mumkin. Farg'ona shahridagi muhtasham “Istiqlol” stadionida kechgan mazkur o'yinga kirish bepul qilib belgilangani uchun ham muxlislarning tashrifi ko'p bo'ldi. SHuni ham aytib o'tish lozimki, kecha stadion tribunasida o'quvchi yoshlar ham ko'pchilikni tashkil etdi. Asosiysi masul shaxslar ishqibozlarni o'yinlarga jalb etish bo'yicha ish olib bormoqda. SHuningdek kecha Andijondan ham tahminan 500-600 nafar muxlis Farg'onaga tashrif buyurganini qo'shimcha qilish joizdir.

Termiz shahridagi “Alpomish” stadionida kechgan turning markaziy o'yiniga atiga 4225 nafar ishqiboz qadam ranjida qilgan.

Muborakdagi “B.Vafoev” nomli o'yingohda o'tgan “Mashal” – “Norin” uchrashuviga ham kirish bepul qilib belgilangan bo'lsada, atiga 1023 nafar tomoshabin tashrif buyurganini ko'rish mumkin. “Gazchilar” PRO-Ligaga tushirib yuborilgach, muboraklik futbol ishqibozlarining qaysidir manoda hafsalasi sovugan bo'lishi ham mumkin. Yana kim biladi deysiz.

Turning eng kam ishqiboz tashrif buyurgan o'yini Urganch shahridagi “Yoshlik” stadionida kechgan “Xorazm” – “Orol” bahsi bo'ldi. Mazkur uchrashuv aslida soat 17:00da boshlanishi kerak edi. Ammo stadionda yuzaga kelgan malum muammo tufayli o'yin deyarli 1,5 soatdan keyin boshlandi. SHunga ham bo'lsa kerak, o'yinni 960 nafar ishqiboz bevosita kuzatib borgani, uchrashuv qaydnomasiga yozib o'tilgan.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

“MASH'AL” – “NORIN” – 2:0 (2:0).
Muborak shahri. “B.Vafoev” nomli stadion. 1023 tomoshabin.


 “ISTIQLOL” – “ANDIJON” - 0:4 (0:3).
Farg'ona shahri. “Istiqlol” stadioni. 7012 tomoshabin.


“XORAZM” – “OROL” – 4:1 (1:0).

Urganch shahri. “Yoshlik” stadioni. 960 tomoshabin.


“SURXON” – “SHO'RTAN” - 0:0
Termiz shahri. “Alpomish” stadioni. 4225 tomoshabin.


PRO-Liga, “V” guruhi. 2-turda eng ko'p muxlis “Iftixor”da

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика