So’nggi yangiliklar

20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  1 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  3 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6

Prevyu. "UzDongJu" - "Nurafshon" Yangiliklar

Prevyu. "UzDongJu" - "Nurafshon"

Teglar :  UzDongJuNurafshon
Bugun O'zbekiston birinchiligining 9-tur bahslariga start beriladi.

Andijonning  UzDongJu jamoasi Buxoro shahrining Nurafshon jamoasini qabul qiladi. Ushbu jamoalar tarixida ilk bora bir birilariga raqib bo'lmoqdalar.

O'tkazilgan bahslardan so'ng maydon egalari 8 o'yindan 18 ochko jamg'arib 3-o'rinni band etgan bo'lsa Nurafshon jamoasi 7 uchrashuvda 16 ochko jamg'arib 4-o'rinni egallab turgani ushbu bahs turning markaziy o'yini ekanini anglatadi. Bugungi uchrashuvda maydon egalari oq rangdagi, mehmonlar esa yashil rangdagi liboslarda maydonga tushishadi.

Ushbu bahsni farg'onalik hakam Olim To'ychiboev boshqarib boradi. Unga qanotlarda toshkentlik Donyor Saylalov va Server Eremeevlar yordam berishadi. Uchrashuv nazoratchisi  toshkentlik Oleg Rubakov.  

Barcha muxlislarni bugun soat 17:00da SHo'rbuloq dahasidagi maktab-internati stadionida bo'lib o'tadigan  ushbu qiziqarli bahsga taklif etamiz.

Ikkala jamoaga ham omad tilaymiz.

9- tur. 15-may  (yakshanba)
UzDongJu (Andijon) – Nurafshon (Buxoro) SHo'rbuloq FIMI stadioni
Xakamlar:
O. To'ychiboev (Farg'ona), D.Saylalov (Toshkent), S.Eremeev (Toshkent)
Nazoratchi: O.Rubakov (Toshkent).

UzDongJu FK matbuot kotibi SHerzodbek Mamadaliev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика