So’nggi yangiliklar

16:58Клаттенбург: "Дарвозабонни тўсиб қўйишга қарши янги қоида керак"  0 16:30Ҳаммаси 1-тур ҳақида  0 16:04"Сурхон" Россия жамоаси устидан иродали ғалабага эришди  2 15:35"Насаф" Бобир Абдихолиқовнинг голи эвазига Россия жамоасидан устун келди  1 15:17Испания терма жамоаси етакчисининг ЖЧ-2026да иштирок этиши сўроқ остида  1 14:56"Навбаҳор" Шимолий Македония жамоасини мағлуб этди  1 14:39Рўзимбой Аҳмедов: "Мавсум бошида исталган кучли рақиб билан ўйнаса бўлади"  1 14:15"Қўқон-1912" "Нефтчи" аъзосини ижарага олади  1 13:53"Реал" Португалия терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 13:26"Лестер" эгаси отаси хотираси учун клубни сотиш ниятида эмас  1 12:59Трубин ЕЧЛ тарихида фақат 4 нафар дарвозабонга насиб этган ютуқни қайд этди  12 12:38Бугунги ўйинлар: ЕЛда охирги тур ва бошқалар  0 12:17Абдуқодир Ҳусанов "Галатасарой" билан ўйин учун неча баҳо олди?  6 11:54Росеньор Коул Палмер ҳақида гапирди  0 11:28"Манчестер Юнайтед" иқтидорли хавбекка кўз тикди  4

Prevyu. "So'g'diyona" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Qizilqum"

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi o'z muxlislari qarshisida "Qizilqum"ni qabul qiladi.

So'g'diyona (Jizzax) – Qizilqum (Navoiy)
2 avgust 2015 yil. Jizzax. "Jizzax" stadioni. 19:00
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), A. Kalinin (Qarshi), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

Ushbu jamoalar shu kunga qadar o'zaro 23 marta kuch sinashishgan. Natijalar “Qizilqum”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Navoiyliklar 23 bahsning 13tasida g'alaba qozonishgan. To'rtta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan va 6ta o'yinda “So'g'diyona”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “Qizilqum” foydasiga 29:17. O'zaro o'inlarda “Qizilqum”  43 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “So'g'diyona” bo'lsa 22 ochkolik bo'lgan.

“Qizilqum”ning “So'g'diyona” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0. “So'g'diyona”ning  “Qizilqum”ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 2:0 ni tashkil etadi.

Birinchi davrada Navoiyda “Qizilqum” yirik g'alabaga erishgan edi. Baxriddin Vahobov xet-trik qayd etgan bo'lsa, Vyacheslav SHevchenko bitta gol urgan. Jizzaxliklar safida yagona javob to'piga Muzaffar Muzaffarov mualliflik qilgan – 4:1.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
07.11.2014 So'g'diyona - Qizilqum 1:0
17.08.2013 So'g'diyona - Qizilqum 2:1
19.03.2011 So'g'diyona - Qizilqum 0:2
19.08.2009 So'g'diyona - Qizilqum 0:1
10.05.2008 So'g'diyona - Qizilqum 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” uyida bo'lib o'tgan bahslarda “Qizilqum”ni 6 bor mag'lub etgan. To'rtta uchrashuvda “Qizilqum” g'alaba qozongan, bitta o'yinda durang qayd etilgan. Jizzaxliklar o'z maydonlaridagi oxirgi ikki o'yinda ushbu raqib ustidan zafar quchishgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика