So’nggi yangiliklar

11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  1 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1

Prevyu. "So'g'diyona" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Paxtakor"

Teglar :  So'g'diyonaPaxtakor
Oliy liganing 11-turida "So'g'diyona" o'z uyida "Paxtakor" bilan o'ynaydi.

So'g'diyona (Jizzax) – Paxtakor (Toshkent)
11 iyun 2016. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 19:00
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), V. Lushin (Guliston), R. Abduvohidov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
UzPFL vakili: V. SHtern.

“So'g'diyona” hamda “Paxtakor” klublari oliy ligada shu kungacha 40 bor kuch sinashishgan. “Paxtakor” 32ta o'yinda g'alaba qozongan. 4ta uchrashuvda “So'g'diyona”ning qo'li baland kelgan. 4ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “SHerlar” tomonida: 107:35. “Paxtakor” o'zaro o'yinlarda 100 ochkoga ega bo'lgan, “So'g'diyona” esa 16 ochkoni qo'lga kiritgan. “Paxtakor”ning “So'g'diyona” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 6:1ga teng bo'lsa, “So'g'diyona”ning toshkentliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 4:1.

2015 yil “So'g'diyona” maydonida o'tgan bahsda Igor Sergeevning dubli va SHerzod Karimovning bitta goli “Paxtakor”ga yirik g'alaba keltirgan – 3:0. Toshkentda ham Sergeev dublga erishgan. Yana bir golga Egor Krimec mualliflik qilgan. “So'g'diyona” safida yagona javob golini Sanjar Rashidov mezbonlar darvozasiga urgandi – 3:1.

“So'g'diyona” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
23.05.2015 So'g'diyona - Paxtakor 0:3
14.06.2014 So'g'diyona - Paxtakor 0:1
05.05.2013 So'g'diyona - Paxtakor 0:0
10.04.2011 So'g'diyona - Paxtakor 1:2
25.04.2009 So'g'diyona - Paxtakor 0:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z maydonida o'tkazgan 20ta o'yinning uchtasida g'olib chiqqan. 3ta bellashuvda tomonlar ochkolarni bo'lib olishgan. Qolgan 14ta uchrashuvda “Paxtakor” safarda uch ochkoni o'ziniki qilgan. So'nggi bor “So'g'diyona” 1999 yil “Paxtakor”ni mag'lub eta olgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика