So’nggi yangiliklar

14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  7 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  41 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  15 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  6 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  6 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  7 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3

Prevyu. “So'g'diyona” - “Navbahor” Yangiliklar

Prevyu. “So'g'diyona” - “Navbahor”

Superliganing 6-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida “Navbahor” ga qarshi safarda bahs olib boradi.

Etiboringizga jamoalarning  Jizzaxdagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

O'TGAN  MAVSUMDA

Birinchi davra 13-turida “So'g'diyona”  o'z maydonida “Navbahor”ga  qarshi bahs olib borgan edi. O'yinning 37 daqiqasida Sanjar Rashidov hisobni ochgan bo'lsa,45 daqiqada Doston Abduraxmonov hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi. 84 daqiqada Ravshan Xursandov hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'lgan. SHu tariqa o'yin 2:1 jizzaxliklar foydasiga yakunlangan.

Ikkinchi davra 28-turida “So'g'diyona”  Namanganda “Navbahor”ga qarshi bahs olib bordi. O'yinning 29 daqiqasida Azam Aliev hisobni ochgan bo'lsa, 38 daqiqada Nemanya Yovanovich 2:0 ko'rinishiga olib kelgan. 54 daqiqada Sanjar Rashidov hisobni qisqartirdi. 55 va 70 daqiqalarda Aziz Turg'unboev va Abbos Otaxonovlarning gollari evaziga Navbahor g'alaba qozongan edi.


O'YINNI  VIKTOR SERAZIDDINOV  BOSHQARADI

“So'g'diyona” - “Navbahor” o'yinini Viktor Seraziddinov (Toshkent ) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda A.Snetnikov(Toshkent vil.) va S.Ulfatovlar(Toshkent vil.) yordam beradi. Zahiradagi hakam N.Ibragimov.(Nukus)

Nazoratchi: I.SHaripov.(Buxoro)

Komissar: A.Frolov


O'ZARO USTUNLIK


“So'g'diyona” hamda “Navbahor” klublari oliy ligada shu kungacha 44 bor kuch sinashishgan.“Navbahor ” hisobida 22 ta , “So'g'diyona” hisobida 16 ta g'alaba mavjud, 6 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik namanganliklar tomonida:  79:53. “Navbahor” 54, “So'g'diyona” o'zaro o'yinlarda 72 ochkoni qo'lga kiritgan.



“So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
14.06.2017 «So'g'diyona» – «Navbahor» 2:1
14.08.2016 «So'g'diyona» – «Navbahor» 2:1
22.08.2015 «So'g'diyona» – «Navbahor» 2:0
12.09.2014 «So'g'diyona» – «Navbahor» 5:4
17.03.2013 «So'g'diyona» – «Navbahor» 2:0
28.05.2011 «So'g'diyona» – «Navbahor» 3:2
08.05.2009 «So'g'diyona» – «Navbahor» 1:0
26.04.2008 «So'g'diyona» – «Navbahor» 2:1
05.08.2006 «So'g'diyona» – «Navbahor» 0:2
10.08.2005 «So'g'diyona» – «Navbahor» 1:0
18.09.2004 «So'g'diyona» – «Navbahor» 1:2
23.11.2002 «So'g'diyona» – «Navbahor» 3:1
29.08.2001 «So'g'diyona» – «Navbahor» 2:1
13.05.2000 «So'g'diyona» – «Navbahor» 1:1
05.05.1999 «So'g'diyona» – «Navbahor» 1:2
26.04.1998 «So'g'diyona» – «Navbahor» 3:1
13.11.1997 «So'g'diyona» – «Navbahor» 1:0
30.06.1996 «So'g'diyona» – «Navbahor» 1:4
17.09.1995 «So'g'diyona» – «Navbahor» 1:2
10.04.1994 «So'g'diyona» – «Navbahor» 2:1
01.11.1993 «So'g'diyona» – «Navbahor» 3:1
20.04.1992 «So'g'diyona» – «Navbahor» 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 22 ta o'yindan 17 tasida “So'g'diyona”, 5 tasida “Navbahor” g'alaba qozongan. Bitta uchrashuv durang natijasi bilan tugagan. “So'g'diyona” o'z maydonida so'nggi bor 2006 yilda mag'lubiyatga uchragan. 12  yildan beri o'z maydonida mag'lubiyatga uchramagan.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика