Prevyu. “So'g'diyona” - “Buxoro”

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2018, 15:13
Superliga qoldirilgan 14 -tur doirasida “So'g'diyona” o'z maydonida “Buxoro” jamoasini qabul qiladi.

E'tiboringizga jamoalarning Jizzaxdagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

USHBU  MAVSUMDA
Birinchi davra 3-turida “So'g'diyona” Buxoroda “Buxoro” ga qarshi bahs olib borgan edi.O'yinning 3 daqiqasida kutilmaganda Akmal Xolmurodov o'z davrvozasini ishg'ol qilib qo'ygan edi. 53-daqiqada Baxodir Nasimov ikkinchi golni kiritdi. Bahsning 90 daqiqasida Ergash Ismoilov uchinchi golni kiritishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa o'yin 3:0 buxoroliklar foydasiga yakunlandi.


O'YINI  VADIM AGISHEV  BOSHQARADI

“So'g'diyona”-“Buxoro” o'yinini Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Alisher Usmonov va Sanjar Shoyusupovlar yordam beradi. Zahiradagi hakam Firdavs Norsafarov

Nazoratchi: G'ayrat Karimov

Komissar: Mamur Saidqosimov

O'ZARO USTUNLIK

“So'g'diyona” hamda “Buxoro”  klublari oliy ligada shu kungacha  45  bor kuch sinashishgan.“So'g'diyona” hisobida 13 ta, “Buxoro” hisobida  23 ta g'alaba mavjud. 6 ta o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik buxoroliklar  tomonida:  58:65 . “So'g'diyona”  o'zaro o'yinlarda 54 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa,  “Buxoro ”  75   ochkoni qo'lga qiritgan.

 
“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi 5 ta uchrashuvlar :

 25.06.2017 So'g'diyona – Buxoro 1:2
21.06.2016 So'g'diyona – Buxoro 0:0
20.11.2015 So'g'diyona – Buxoro 2:3
12.04.2014 So'g'diyona – Buxoro 0:1
03.11.2013 So'g'diyona – Buxoro 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 22 ta o'yindan 10 tasida “So'g'diyona”, 8 tasida “Buxoro” g'alaba qozongan. 4ta  uchrashuv durang natijasi bilan tugagan.


 O'YIN VAQTI VA JOYI.
Yoshlar ligasi bahsi 11  iyul   kuni soat  18:30 da “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 12  iyul kuni soat 19:00 da “So'g'diyona” stadionida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати