So’nggi yangiliklar

16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  0 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  4 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  1 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  10 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2

Prevyu. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Bunyodkor"

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi mavsumdagi ilk uch uchrashuvini Toshkentning "Bunyodkor" klubiga qarshi o'tkazadi.

So'g'diyona (Jizzax) – Bunyodkor (Toshkent)
11 mart 2016. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 17:00
Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), D. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

“So'g'diyona” va “Bunyodkor” oliy ligada 12 bora to'qnash kelishgan. Natijalar poytaxt jamoasining mutloq ustunligini ko'rsatmoqda.

“Bunyodkor” 12ta o'yindan 11tasini yutgan. “So'g'diyona” bu raqibni bir marta mag'lub etgan. “Bunyodkor” o'yinlarda 35ta gol kiritgan, jizzaxliklar 3 marta “qaldirg'ochlar” darvozasini ishg'ol etishgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 33 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan bo'lsa, “So'g'diyona”da bu ko'rsatkich 3 ni tashkil etadi. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi 6:1. “So'g'diyona”ning yagona g'alabasi – 2:1.

2015 yil “So'g'diyona” o'z uyida tarixiy g'alabani qo'lga kiritgan. Jasur Hakimovning ikkita goliga SHaker Zuagi javob bergandi – 2:1. Toshkentda esa SHaker Zuagi va Eldor SHomurodovning kiritgan to'plari “qaldirg'ochlar”ga 3 ochko keltirgan – 2:0.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
10.05.2015 So'g'diyona - Bunyodkor 2:1
01.06.2014 So'g'diyona - Bunyodkor 0:2
08.11.2013 So'g'diyona - Bunyodkor 0:2
15.06.2011 So'g'diyona - Bunyodkor 1:6
04.08.2009 So'g'diyona - Bunyodkor 0:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z maydonida bir marta mag'lub etgan. “Qaldirg'ochlar” safardagi beshta o'yinda g'alabaga erishishgan. “Bunyodkor”ning safardagi gollari soni 19ta.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика