So’nggi yangiliklar

15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  3 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8

Prevyu. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Bunyodkor"

Oliy liganing 10-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Bunyodkor" uchrashuvi Zominda bo'lib o'tadi.
SO'G'DIYONA – BUNYODKOR
1 iyun. Zomin. "Zomin" stadioni. 17:00
Hakamlar
: B.Namozov, X.Mirzaahmedov, A.Snetkov, A.Ergashev
Nazoratchi:
A.Hotamov.

“So'g'diyona” va “Bunyodkor” oliy ligada 8 bora to'qnash kelishgan. Natijalar poytaxt jamoasining mutloq ustunligini ko'rsatmoqda.

“Bunyodkor” 8ta o'yindan 8tasini yutgan. Tushunarliki “So'g'diyona” bu raqib bilan durang o'ynamagan va g'alaba qozona olmagan. “Bunyodkor” o'yinlarda 29 ta gol kiritgan, jizzaxliklar 1 bora “qaldirg'ochlar” darvozasini ishg'ol etishgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 24 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan bo'lsa, “So'g'diyona”da bu ko'rsatkich 0 ni tashkil etadi. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi 6:1.

O'tgan yil birinchi turda Toshkentda o'tgan bahsda mezbonlar 5:0 hisobida zafar quchishgan. Oleksandr Pishur uchta to'p kiritgan, Lutfulla To'raev va Kamoliddin Murzoev bir martadan gol urishgan. Javob bahsida Pishur va Sardor Rashidov “So'g'diyona” darvozasini ishg'ol qilishgan – 0:2.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi to'rt uchrashuv:
08.11.2013 So'g'diyona - Bunyodkor 0:2
15.06.2011 So'g'diyona - Bunyodkor 1:6
04.08.2009 So'g'diyona - Bunyodkor 0:3
30.06.2008 So'g'diyona - Bunyodkor 0:5

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” bu raqib darvozasiga urilgan yagona golni o'z maydonida urgan. O'sha to'pni 2011 yilgi mavsumda Arturos Fomenko kiritgandi. “Qaldirg'ochlar” safardagi to'rtta o'yinda ham g'alabaga erishishgan. “Bunyodkor”ning safardagi gollari soni 16ta.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика