So’nggi yangiliklar

15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  12 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  2 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2

PREVYU. "So'g'diyona" - AGMK. "Qizilqum" yo'qotgan ochkoga kim ega chiqadi? Yangiliklar

PREVYU. "So'g'diyona" - AGMK. "Qizilqum" yo'qotgan ochkoga kim ega chiqadi?

Teglar :  So'g'diyonaAGMK
Bugun Coca Cola Superligasining 20-turida "So'g'diyona" Jizzaxda AGMKni qabul qiladi.

Turnir jadvali nuqtai nazaridan olib qaralganda mazkur turning yana bir markaziy o'yini. To'g'ri, ko'pchilikning etibori Toshkentdagi "Paxtakor" - "Nasaf" bahsiga qaratilishi turgan gap. Biroq Jizzaxdagi qarama-qarshilik ham kuzatishga arziydi. Quyida shu haqida gap boradi. 



AGMK UCHUN JIZZAX "QO'RQINCHILI" TUSH

O'zaro o'yinlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, jamoalar shu kungacha Jizzaxda Superliga doirasida 13 bor to'qnash kelishgan. Uydagi uchrashuvlarda mutloq ustunlik "So'g'diyona" tomonida. 7ta g'alaba, AGMK o'z tarixida faqat bir marotaba ortga g'alaba bilan qaytishga muvaffaq bo'lgan. 5ta o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlashganini takidlash mumkin. 


AGMKning "So'g'diyona" maydonidagi yagona g'alabasi 

11.08.2018. Superliga 21-tur

"So'g'diyona" - AGMK 1:3

Gollar: Nikola Milinkovich 77 - Zohir Pirimov 30, Muzaffar Muzaffarov 51, Jasur Hasanov 65

Keyingi 4ta o'yinning 3tasida olmaliqliklar gol ham ura olishmagan 

04.11.2018. "So'g'diyona" - AGMK 1:0  

27.08.2019. "So'g'diyona" - AGMK 1:0

07.03.2020. "So'g'diyona" - AGMK 1:1

31.07.2021. "So'g'diyona" - AGMK 0:0 


TURNIR JADVALIDAGI RAQOBAT YOXUD ULAR SOVRINLI O'RINLAR UCHUN KURASHDAN CHIQDIMI?


Yuqorida aytganimizdek, bugun turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan jamoalar uchrashishadi. Ayni paytda AGMK 29 ochko bilan 6-o'rin, "So'g'diyona" 32 ochko bilan 5-o'rinda ketmoqda. Mirjalol Qosimov shogirdlari bu o'yindagi g'alaba orqali "So'g'diyona"ga etib olishlari va sovrinli o'rinlar uchun kurashga qaytishlari mumkin. O'z o'rnida 3ta frontda kurash olib borayotgan "So'g'diyona"da ham hali umid yo'qolmagan. O'z uylaridagi 3 ochko to'rtinchi o'ringa chiqib olishlariga zamin yaratadi. O'z-o'zidan ko'p narsa "Navbahor" va "Qizilqum" jamoalariga ham bog'liq. Ular ochko yo'qotgan taqdirda pastdagi ikki jamoada qulay vaziyat yuzaga kelish ehtimoli katta bo'lardi. Amalda kecha navoiyliklar o'z maydonlarida "Metallurg"ga engilishdi. Bu esa AGMK va "So'g'diyona"ga ancha qo'l kelishi kundek ravshan. 


SO'NGGI O'YINLARDA SINALAYOTGAN "SO'G'DIYONA" 


Balki charchoq alomati yoki tig'iz taqvim sabablidir, "So'g'diyona" Superliganing so'nggi 5ta uchrashuvidan 4tasida engildi. "Dinamo"ni mag'lub etgan jamoa, "Navbahor" va "Neftchi" bilan nursiz durang qayd etdi, "Olimpik" va "Metallurg"ga mag'lubiyatga uchradi. Sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan klub uchun oldindagi 2ta turning muhimlilik darajasi o'ta yuqori. Raqiblar AGMK va "Nasaf". Xuddi shunday, AGMKda ham, raqiblar "So'g'diyona" va "Qizilqum" yani turnir jadvalidagi raqobatchilarga qarshi. 



YO'QOTISHLAR 

SHahboz Jo'rabekov, Daniel Nasriddinov, Iskandar SHoyqulov bugun "So'g'diyona"ga yordam bera olmaydi. AGMKdan esa Murodjon Toshmatov jarohati sabab o'yinni o'tkazib yuboradi. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика