Prevyu. "SHo'rtan" - "Paxtakor"
20 iyu 2016 09:20
Yangiliklar
Prevyu. "SHo'rtan" - "Paxtakor"
SHo'rtan (G'uzor) – Paxtakor (Toshkent)
20 iyun 2016. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 19:00
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), O. Jumaev (Navoiy), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.
“SHo'rtan” va “Paxtakor” oliy ligada 20 bora to'qnash kelishgan. Natijalar toshkentliklarning ustunligini ko'rsatmoqda. “Paxtakor” 17ta o'yinda g'olib bo'lgan, 2ta o'yin durang hisobida yakunlangan. “SHo'rtan” ushbu raqibni hozirga qadar faqat bir marta mag'lub eta olgan. To'plar nisbatida ham ustunlik “Paxtakor” tomonida - 54:12. O'zaro o'yinlarda “Paxtakor” 53, “SHo'rtan” esa 5 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Paxtakor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 6:0ga teng. “SHo'rtan”da bu ko'rsatkich – 3:1.
O'tgan yil birinchi davrada Toshkentdagi bahsda mezbonlar zafar quchishgan. 4-daqiqada Igor Taran hisobni ochgandi. Stanislav Andreev penaltidan va Javohir Sohibovning urgan gollari "sherlar"ga irodali g'alaba keltirgan - 2:1. G'uzorda esa durang qayd etilgan. Sarvar Jo'raev mezbonlarni oldinga olib chiqqandi. Bunga Adnan Oraxovac javob bergandi – 1:1.
G'uzorda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.08.2015 SHo'rtan - Paxtakor 1:1
21.05.2013 SHo'rtan - Paxtakor 1:2
16.06.2012 SHo'rtan - Paxtakor 3:1
11.06.2011 SHo'rtan - Paxtakor 0:2
21.05.2010 SHo'rtan - Paxtakor 1:2
O'zaro o'yinlar haqida fakt: G'uzorda bo'lib o'tgan 10ta o'yinning 8tasida “sherlar” zafar quchishgan. Bir marta (2012 yil) “SHo'rtan” o'z uyida g'olib bo'lgan va durang o'ynagan (2015 yil).
Fikrlar