Prevyu. "SHo'rtan" - "Neftchi"
02 avg 2015 09:35
Yangiliklar
SHo'rtan (G'uzor) – Neftchi (Farg'ona)
2 avgust 2015 yil. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 18:30
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), I. Xudaydatov (Toshkent)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
“SHo'rtan” hamda “Neftchi” oliy ligada 19 marta o'zaro o'ynashgan. Natijalar “Neftchi”ning kichik ustunligini ko'rsatmoqda. Farg'ona klubi hisobida 7tadan o'yinda muvaffaqiyat qozonishgan. Olti o'yinda durang natijasi qayd etilgan, qolgan 6 uchrashuvda “SHo'rtan” g'olib chiqqan. To'plar nisbatida ham ustunlik “Neftchi” tomonida - 21:20. O'zaro o'yinlarda “Neftchi” 27, “SHo'rtan” 24 ochko olgan.
“Neftchi”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0ga teng. “SHo'rtan”ning eng yirik g'alabasi 4:0.
Birinchi turda Farg'onada bo'lib o'tgan o'yinda durang kuzatilgan edi. Mehmonlar vakili Darko Stanoevich hisobni ochgan, ikkinchi bo'limda Murod Bobojonov gol urib “Neftchi”ni mag'lubiyatdan qutqarib qolgan edi – 1:1.
G'uzorda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
04.07.2013 SHo'rtan - Neftchi 0:2
04.09.2012 SHo'rtan - Neftchi 2:0
23.09.2011 SHo'rtan - Neftchi 4:0
05.08.2010 SHo'rtan - Neftchi 2:0
05.10.2009 SHo'rtan - Neftchi 1:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: G'uzorda bo'lib o'tgan 9ta o'yinning 5tasida “SHo'rtan” g'alaba qozongan. Ikkita bahsda “Neftchi” safarda durangga erishgan va ikki marta g'olib bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar