So’nggi yangiliklar

02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  24 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  1 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  2 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  3 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  1 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  0 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  7 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7

Prevyu. "SHo'rtan" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Prevyu. "SHo'rtan" - "Lokomotiv"

Teglar :  SHo'rtanLokomotiv
Toshkentning "Lokomotiv" klubi bugun G'uzorda "SHo'rtan" mehmoni bo'ladi.

SHo'rtan (G'uzor) – Lokomotiv (Toshkent)
24 aprel 2016. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 17:00
Hakamlar
: I. Tantashev (Buxoro), R. Serazetdinov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

“SHo'rtan” va “Lokomotiv” oliy ligada o'zaro 18 marta to'qnash kelishgan. Natijalar Toshkent klubining ustunligini ko'rsatmoqda. “Loko” 18ta o'yindan 8tasida g'alaba qozongan. 3ta uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan. G'uzorliklar hisobida 7ta g'alaba mavjud. To'plar nisbati ham  “Lokomotiv” foydasiga 34-18. O'zaro o'inlarda “Lokomotiv”  27 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “SHo'rtan” 24 ochkoga ega bo'lgan.

“Lokomotiv”ning “SHo'rtan” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 4:0ga teng. “SHo'rtan”ning eng yirik g'alabasi esa – 2:0.

O'tgan mavsumda “Lokomotiv” ikkala bahsda ham yirik hisobda g'olib chiqqan. G'uzorda Temurxo'ja Abduxoliqov, Jasur Hasanov, Sanjar SHoahmedov va Marat Bikmaev o'sha bahsda o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishgandi – 0:4. Toshkentda esa kichik Jasur Hasanov, Dilshod Rahmatullaev, Timur Kapadze va Ikrom Aliboevning gollariga “SHo'rtan” safida G'ulom Haydar G'ulomov javob bergandi – 4:1.  

G'uzorda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
20.06.2015 SHo'rtan - Lokomotiv 0:4
29.10.2013 SHo'rtan - Lokomotiv 0:4
17.03.2012 SHo'rtan - Lokomotiv 2:1
14.06.2010 SHo'rtan - Lokomotiv 3:2
23.08.2009 SHo'rtan - Lokomotiv 3:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” G'uzorda uch bor g'alabaga erishgan. Bir marta durang qayd etilgan, qolgan 5ta o'yinda “SHo'rtan” uch ochkoni G'uzorda olib qolgan. Oxirgi ikki o'yinda “Loko” G'uzorda bir xil 4:0 hisoblarida g'olib bo'lgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика