So’nggi yangiliklar

12:25"Реал" Зиданни қайтармоқчи  1 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  4 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  2 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  4 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  3 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  5 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  9 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5

Prevyu. "SHo'rtan" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "SHo'rtan" - "Bunyodkor"

G'uzorning "SHo'rtan" klubi o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.

SHo'rtan (G'uzor) – Bunyodkor (Toshkent)
16 avgust 2015. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 18:00
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
O'zPFL vakili: R. CHernikov.

“Bunyodkor” va “SHo'rtan” oliy ligada jami 15 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 11ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 3ta o'yinda durang qayd etilgan. Bitta uchrashuvda esa “SHo'rtan” zafar quchgan. To'plar nisbatida ham “Bunyodkor” oldinda – 32:2. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 36 ochkoni, “SHo'rtan” esa 6 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 7:0 ga teng. “SHo'rtan”da bu ko'rsatkich 1:0 bo'lib turibdi.

Birinchi davra o'yini qoldirilgani sababli iyul oyida bo'lib o'tdi. Unda “qaldirg'ochlar” Eldor SHomurodov, Dostonbek Hamdamov va SHaker Zuagi tomonidan kiritilgan to'plar evaziga yirik g'alabaga erishishgan – 3:0.

G'uzorda bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlar:
14.09.2013 SHo'rtan - Bunyodkor 0:0
06.11.2012 SHo'rtan - Bunyodkor 0:1
01.10.2011 SHo'rtan - Bunyodkor 1:0
21.10.2010 SHo'rtan - Bunyodkor 0:0
30.04.2009 SHo'rtan - Bunyodkor 0:1
14.10.2008 SHo'rtan - Bunyodkor 0:1
09.06.2007 SHo'rtan - Bunyodkor 0:4

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar G'uzorda 7ta o'yin o'tkazishgan. SHu o'yinlardan bittasida “SHo'rtan” g'olib chiqqan. Ikki uchrashuvda durang qayd etilgan. Toshkent klubi safarda bu jamoani to'rt bor mag'lub eta olgan. G'uzordagi oxirgi 2ta o'yinda “SHo'rtan” gol ura olmagan.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика