So’nggi yangiliklar

09:44Салоҳнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:20ПСЖ собиқ устози «Барселона»ни бошқариши мумкин  4 08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  1 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  6 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  42 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   5 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0

Prevyu. Rimliklar "Yuventus"ni to'xtata oladimi? Yangiliklar

Prevyu. Rimliklar "Yuventus"ni to'xtata oladimi?

Italiya CHempionati 21-tur uchrashuvlariga oid qiziqarli malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

“Kevo” — “Fiorentina”

Bugun "Kevo" uyda "Fiorentina"ni qabul qiladi. Domeniko Di Karlo sehrgar emas. Uning davrida mag'lubiyatlar soni keskin kamaygan bo'lsa-da, butun boshli birinchi davrada yagona g'alaba maqtanarli natija emasligi kundek ayon. "Kevo"ning o'yini u qadar kuchaymagani — bu fakt. Valter Birsa ham klubni tark etdi. Bundan tashqari, diskvalifikaciya tufayli Mattiya Bani va Sofiyan Klyain bugungi bahsni o'tkazib yuboradi. “Kevo” durang o'ynashi mumkinmi?

Aslini olganda, "Fiorentina" ham durang natijaga qarshi emas. ”Fialkalar” jamoasi "Kalyari" va "Torino" bilan durang o'ynagandi. Ular A Seriyadagi eng ko'p durang natija qayd etgan jamoalar hisoblanadi: 20 tur davomida — 9ta. O'tgan tur Pioli shogidlari "Sampdoriya"ga qarshi bahsda bir ochkoni ilib ketti. Uchrashuvning qo'shimcha vaqtida hal qiluvchi golni Xerman Peccelya urdi. 2013 yil "Fioertina" va "Kevo" o'zaro 14ta o'yin o'tkazdi va “fialkalar” 12 marotaba g'alaba qozondi.

“Atalanta” — “Roma”

A Seriyaning muvaffaqiyatli jamoalaridan biri chempionatning oxirgi 2ta o'yinida 11ta gol urdi: "Sassuolo" (6:2) va "Frozinone" (5:0). Urilgan gollarning 5tasi Duvan Sapata, 3tasi esa Yosip Ilichichga tegishli. Gasperini shogirdlari kuchli o'yiniga yarasha mukofot olishi kerak.
Bugun "Roma"ga qarshi o'tadigan bahs "Atalanta"ning uydagi bu yildagi birinchi o'yini bo'ladi. Jamoa so'nggi uchta uchrashuvni safarda o'tkazdi. Muxlislar ham jamoasini ancha sog'inib qoldi. Klub ishqibozlarining sog'inchi Bergamo klubini ruhlantirishi aniq.

"Roma" "Atalanta"ning Evrokubokdagi raqibidir.  Rimliklar raqiblarini ikki ochkoga ortda qoldirib ketishmoqda. Eusebio Di Francheskoning oxirgi o'yinlari omadli chiqdi — 4 uchrashuvda 4ta g'alaba. Bugun "Roma" Jengiz Underning yordamisiz maydonga tushadi. Yarim himoyachi jarohati tufayli jamoaning bir nechta o'yinini o'tkazib yuborishga majbur. "Atalanta"ning esa futbolchilari bilan bog'liq muammosi yo'q. Eslatib o'tamiz, Rimda bo'lib o'tgan birinchi davra uchrashuvida 3:3 hisobdagi durang natija qayd etilgandi.

“Torino” — “Inter”

"Torino" va "Inter" ikkinchi davra boshidan unchalik xursand emasliklari turgan gap. Safarda Turin klubi "Roma"ga (2:3) mag'lub bo'ldi, biroq 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Milanliklar esa uyda "Sassuolo"ga (0:0) bitta ham ura olmadi. Yuqorida takidlaganimizdek, "Torino" A Seriyada eng ko'p durang o'ynaydigan jamoalardan biri sanaladi: 20 o'yinda 9 durang. Lekin ularning asosiy qismiga safarda erishgan, uyda esa "buqalar" 9 uchrashuvda 1 marotaba durang o'ynagan edi.

Agar faqatgina natijalarni oladigan bo'lsak, "Inter" va Spallettining "ishlari besh". Lekin ularga jiddiy nazar tashlasak, "Inter"da muammolar talaygina. Futbolchilar va jamoa o'z ustida ishlamayotgani ko'pchilikning noroziliga sabab bo'lmoqda. Turinda bo'ladigan uchrashuvdan yaxshi natija kutish qiyin. Sababi, Milan klubi bilan "Torino" o'rtasidagi muvozanat deyarli bir xil. So'nggi 5ta safardagi uchrashuvda “neradzurri” 2marta g'alaba qozongandi.

“Lacio” — “Yuventus”

Qiziq, "Lacio" chempionat oxirigacha Italiyaning top-klubi ustidan g'alaba qozona oladimi? Birinchi davra uchrashuvida buning uddasidan chiqa olmadi. Ikkinchi uchrashuv ham mag'lubiyat bilan yakunlandi ("Napoli" (1:2). Endi Simone Indzagi shogirdlarini "Yuventus" bilan bo'ladigan bahs kutib turibdi. CHempionat etakchisi 20 turda bir marotaba ham engilmagani va 2 marta durang o'ynaganidan xabardorsiz. SHunday ekan, "Lacio" bugun g'alaba qozonishi uchun imkoni ancha past. "Zebralar"ga qarshi bahsda mezbonlar himoyada muammoga duch kelishlari mumkin. Diskvalifikaciya tufayli uchrashuvni Adam Marushich va Franchesko Acherbi o'tkazib yuboradi.

"Yuventus" CHempionlar Ligasi pley-off o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishi mumkin. Maks Allegri esa bazi o'yinchilarga dam berishi zarur. CHunki "Yuventus" futbolchilari orasida jiddiy bo'lmasa-da, jarohat olganlar etarlicha. Lekin ular orasida Krishtianu Ronaldu bu ro'yxatga kirmaydi. U tinmasdan maydonga tushib, to'p tepishga qodir. Eslatib o'tamiz, "Yuventus"ning Rimga bo'lgan so'nggi 7ta uchrashuvi ham g'alaba bilan yakunlandi.

“Empoli” — “Jenoa”

Dushanba kuni 21-tur uchrashvlariga "Empoli" va "Jenoa" o'rtasidagi bahs yakun yasaydi. Mezbonlar mavsumning birinchi qismini ketma-ket 4ta mag'lubiyat bilan o'tkazdi. Ammo o'rtadagi kichik tanaffus ularga foyda keltirdi. Ikkinchi davra uchrashuvida "Empoli" safarda "Kalyari" (2:2) bilan durang o'ynadi. Jamoa yutishi mumkin edi,  biroq qo'shimcha vaqtda to'p o'tkazib yubordi. Lekin bahsni yaxshi boshlagandi.

“Jenoa”ning o'ziga xos jihatlari hali ko'ringani yo'q. CHezare Prandelli "grifonlar"ni kuchli o'yinchilarga aylantirolmadi. Ular o'tgan hafta "Milan"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. Bu ham etmaganidek, jamoa asosiy to'purari Kshishtof Pentekdan ham ayrilishdi. Polyak uchun yaxshigina pulga ega bo'ldilar. Lekin endi "Jenoa"da kim gollarga mualliflik qiladi? "Yuventus" ijarachisi Stefano Sturaromi? Kulgili. Aynan hozir jamoaning asosiy to'purari afrikalik Kristian Kuame hisoblanadi. U 20 o'yinda 3ta gol urgan edi.

O'zaro so'nggi 4ta o'yinning 3tasida "Jenoa" raqibini mag'lub etdi. Xo'sh, "grifonlar" Kshishtof Pyonteksiz ham g'alaba qozona olarmikan? Voqealar rivojini kuzatamiz.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика