Prevyu. Qo'qon-1912 – Obod
05 mar 2016 09:10
Yangiliklar
Prevyu. Qo'qon-1912 – Obod
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Obod (Toshkent)
5 mart 2016. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 16:00
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), R. Serazetdinov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), I. Xudoydotov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Oliy liga debyutanti hisoblangan Toshkentning “Obod” klubi elitadagi dastlabki rasmiy uchrashuvini Qo'qonda o'tkazadi. Toshkent jamoasi bundan ikki yil oldin ikkinchi ligadan birinchi ligaga chiqqandi. 2014 va 2015 yilgi mavsumlarda birinchi ligada qatnashgan “Obod” 2016 yilgi mavsumni oliy ligada boshlaydi. SHavkat Abduxo'jaev bosh murabbiyligidagi jamoa azolari asosan birinchi ligada o'ynagan futbolchilardan iborat. Tarkibda O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Pavel Solomin bor.
“Qo'qon-1912” esa o'tgan yil 10 yillik tanaffusdan so'ng oliy ligaga qaytgandi. Vodiy klubi o'tgan yil dastlabki turni Samarqandda “Dinamo”ni mag'lub etishga erishgandi. Mavsum oxirida jamoa 12-o'rinni egalladi. Qishda jamoaga Otabek Zokirov, Alisher Ziyovuddinov, Mirjalol Qurbonov, Navro'zbek Alimov, Sardor Qahhorov, Abdulaziz Yusupov, G'ayrat Hasanov, Doston Tursunov va Abdulloh Olimov kabi futbolchilar kelishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar